Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

OCHL. «Bunyodkor» guruhdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

OCHL. «Bunyodkor» guruhdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turi doirasida "Bunyodkor" o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubini qabul qildi. "Qaldirg‘ochlar" guruh bosqichidagi dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritishdi. Afsuski, Lushchan shogirdlari 4-turdan keyinoq pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lib ulgurishgandi.

"Bunyodkor" bugungi uchrashuvda juda chiroyli o‘tkazdi. Jamoaning hujumdagi harakatlari ancha yaxshi ko‘rinish oldi. Bahsning 8-daqiqasida Hamdamov o‘ng qanotdan yetkazgan uzatmani Akrom Komilov bosh bilan darvozasini ishg‘ol qildi.

Taymga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotganida mezbonlar qarshi hujum tashkil qilishdi. Sardor Azimovning zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limni jamoamiz asosan qarshi hujumda o‘tkazgan bo‘lsa-da, qarshi hujumda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. 54-daqiqaga kelib, "Bunyodkor" yana bir chiroyli golni raqib darvozasiga urishga muvaffaq bo‘ldi. Komilov chap qanotdan "Al-Ahli" jarima maydonchasi tashqarisiga uzatma berdi va Hamdamov bosh bilan to‘pni Shomurodovga yetkazdi. Eldor to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va uni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yin oxirigacha toshkentliklar yaxshi himoyalanishdi va g‘alabani o‘zlarida ushlab qolishdi. Shu tariqa, "Bunyodkor" guruh peshqadamini mag‘lub etdi va o‘z hisobiga dastlabki 3 ochkoni yozib qo‘ydi.

OCHL, "S" guruhi, 5-tur. 19:00
"BUNYODKOR" - "AL-AHLI" 2:0
Gollar: Akromjon Komilov (8), Eldor Shomurodov (54)
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurullo To‘xtasinov, 20.Sardorbek Azimov, 21.Dilshodbek Ahmadaliyev, 28.Davronbek Umirov, 29.Otabek Shukurov, 30.Xurshid G‘iyosov
"Al-Ahli": 1.YOsir al-Musaylim, 7.Salmon Muhammad, 8.Taysir al-Jassim, 9.Umar as-Soma, 10.Yoannis Fetfatzidis, 13.Muhammad Abdulshafiy, 21.Oqil ash-SHahabiy, 23.Sayid al-Muvallad, 25.Mo‘taz Havsaviy, 45.Abdulfattoh Asiriy, 55.Saad Abdulamir

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:53, 24.04.2017.
O'qildi: 5870 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.