"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 33-turida "Barselona"ga qarshi uchrashuvda (2:3) jarohat oldi.
Futbolchi birinchi bo‘lim oxirida almashtirilgan edi. Unga oyoq mushaklarining ikkinchi darajali lat yeyish tashxisi qo‘yildi.
Beyl uch hafta atrofida futbol o‘ynamaydi.