Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

«Dinamo» saraton bilan xastalangan Sirojiddin Sayfiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

«Dinamo» saraton bilan xastalangan Sirojiddin Sayfiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Baho:
+ | -

Bugungi kunda «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyevning holati futbol jamoatchiligi, muxlislarimizni bee’tibor qoldirmayapti. Barcha imkonqadar yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilmoqda.

Shu jumladan, «Dinamo» PFK jamoasi ham futbolchini ham ruhan, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda. Klub stadion va muxlislar hamkorligida «Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvida «Siroj, Samarqand sen bilan» aksiyasida qatnashdi.

Sirojiddin Sayfiyev klubimizda faoliyat yuritgan so‘nggi 2014 yilda «Dinamo» PFKning futbolchi oldida qarzdorlik holati mavjud bo‘lib, klubning oldingi rahbariyati davridan bu qarz qolib ketgan. Shunga qaramay, joriy yilda «Dinamo» PFKda yangi rahbariyat ish boshlagan bo‘lsada, ushbu qarzdorlik holatini imkon qadar yopgan.

Qolaversa, bunga qadar O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbari Farhod Magametov va «Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish» qo‘mitasi raisi Ahrol Inoyatov murojaatiga javoban, «Dinamo» PFK belgilanganidek, 24 aprel, dushanba kuni Sirojiddin Sayfiyev oldidagi oylik maosh qarzlarini hisob-kitob qilib, to‘ladi.

Bundan buyon ham Samarqand viloyati Hokimiyati va «Dinamo» PFK rahbariyati Samarqand futboli namoyandasi bo‘lgan Sirojiddin Sayfiyevga yordam berib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:30, 25.04.2017.
O'qildi: 4166 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.