"Barselona"ning sobiq hujumchisi Romario kataloniyaliklar hujumchisi Neymarning sha’niga iliq so‘zlarni ayamadi.
"Neymarga "Oltin to‘p"ni bergan bo‘lardim, Uning vaqti yaqinlashyapti. U Braziliya termasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Aytishim kerakki, u terma jamoada "Barselona"dagi kabi o‘ynaydi. Endi u terma jamoa bilan jahon chempioni bo‘lishi kerak. Bunga uning salohiyati yetarli", - deydi Romario.