Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ravshan Haydarov iste’foga chiqarildimi yoki «Paxtakor»ning 17 kunlik arosati haqida

Ravshan Haydarov iste’foga chiqarildimi yoki «Paxtakor»ning 17 kunlik arosati haqida

Baho:
+ | -

«Paxtakor»ning keyingi taqdiri qanday bo‘ladi? Ikki haftadan ziyodroq vaqt davomida futbol muxlislari javob topishni istagan savol shu edi.

Samvel Babayan 2002 yildan boshlab «Paxtakor»da turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2014 yili jamoa ustoziga aylanib (aniqrog‘i, o‘zbek futboli tarixidagi yangi lavozim — bosh menejer bo‘lib), uni mamlakat chempioniga aylantirgan va mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yil murabbiyi deb tan olingan.

2015 yilning iyunida esa Mirjalol Qosimov o‘rniga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Aynan shu vaqtdan boshlab Babayan rasman «Paxtakor»ga aloqador emas edi, biroq futbol jamoatchiligining qayd etishicha, amalda klub baribir sobiq bosh menejerining ta’siri ostida qolgan.

31 mart kuni «Paxtakor» Muborakda «Mash’al» klubiga yirik — 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi (mavsum boshidan beri o‘tkazilgan to‘rtinchi o‘yindagi ikkinchi mag‘lubiyat). Bu esa klubda qandaydir o‘zgarishlarni amalga oshirishga majbur etdi va 6 aprel kuni jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy o‘z o‘rnini Babayanning milliy termadagi yordamchisi — Ravshan Haydarovga bo‘shatib berdi.

9 aprel kuni «Paxtakor»ni milliarder Alisher Usmonov qabul qilib olishi mumkinligi borasida dastlabki gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Ertasiga — 10 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Umid Ahmadjonovning klubga bosh direktor bo‘lgani haqida xabarlar chiqdi.

Oradan bir soat o‘tgach, Umid Ahmadjonovning o‘zi «Paxtakor»da ish boshlamaganini ma’lum qildi. Yana yarim soatdan keyin «Paxtakor» matbuot xizmati klub haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini e’lon qilib, gap aynan qaysi xabarlar haqida borayotganiga aniqlik kiritmadi.

Amalda Umid Ahmadjonov «Paxtakor»da 11 apreldanoq ish boshlaganiga qaramay, «Paxtakor» matbuot xizmati bu haqda ikki haftadan keyin ma’lumot berdi. Bu orada klub u haqda noto‘g‘ri axborot beradigan nashrni sudga berishi mumkinligiga ham shama qildi.

11 aprel kuni «Paxtakor» O‘zbekiston kubogi doirasida Buxoroda «Nurafshon» bilan 120 daqiqa davomida 0:0 o‘ynadi. Penaltilar seriyasidagina Toshkent grandi tarozini o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Vaholanki, «Paxtakor» terma jamoaga uchdan ortiq futbolchi bergani uchun o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirishga erishgandi. Shunga qaramay, Birinchi liga klubi darvozasiga o‘yindan gol ura olmadi.

14 aprel kuni «Paxtakor» stadioni qayta rekonstruksiya qilinishi mumkinligi borasida xabar chiqdi. Bunda stadion Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rekonstruksiya qilinishi aytilgandi. Biroq xabarni na «Paxtakor» va na shahar hokimiyati tasdiqladi.

Uch kundan so‘ng — 17 aprel kuni «Paxtakor»ga Yevropa va Braziliyadan bosh murabbiy izlanayotgani haqida xabar chiqdi. Bunda jamoa chindan ham o‘zgarayotganiga ishora qilindi.

15 aprel kuni «Paxtakor» G‘uzordan ham yirik mag‘lubiyat bilan qaytgandi — 0:3. Uchrashuvdan keyin Haydarovning o‘zi klub futbolchilarida befarqlik boshlanganini tan oldi va o‘zgarishlar borasidagi savollarni inkor etmadi.

21 aprel kuni «Paxtakor» Toshkent derbisida ham imkoniyatni boy berdi. «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin 1:2 hisobida yakuniga yetdi.

26 aprel kuni «Paxtakor» klubdagi o‘zgarishlarni rasman tan oldi: Bobur Shodiyev klubga vise-prezident bo‘lgani, Umid Ahmadjonov esa bosh direktor lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, bosh murabbiy Ravshan Haydarov ham iste’foga chiqarilib, jamoani keyingi o‘yinlarga Jasur Abduraimov olib tushishi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.

Ayni vaqtda, «Alisher Usmonov ‘Paxtakor’ni sotib olibdi», degan gap-so‘zlar tasdiqlanmadi. Boisi, klubning rasmiy axborotida Bobur Shodiyevni vise-prezident etib Toshkent shahar hokimi, ya’ni, «Paxtakor» klubi prezidenti tayinlagani bildirilgan. 10 aprel kungi raddiyada «Paxtakor» FK mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanib, u 100 foiz Toshkent shahar hokimligi tasarrufida ekani aytilgan edi.

Klub rahbariyatidagi so‘nggi o‘zgarishlarga qadar (Samvel Babayan «Paxtakor»da bosh menejer bo‘lgan davrlardan beri) Rustam Ko‘paysinov bosh direktorlik qilib kelayotgan edi, uning o‘rnini endi Umid Ahmadjonov egalladi. Shu vaqtgacha O‘zbekiston dzyudo federasiyasi vise-prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatgan Bobur Shodiyevning «Paxtakor»ga tashrifi esa Babayanning klubga ta’sirini butunlay yo‘qqa chiqarishi mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:42, 26.04.2017.
O'qildi: 8882 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.