"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosepa Gvardiola 147-Manchester derbisi oldidan jamoasining ahvoli haqida gapirdi.
"David Silva rtaga o‘ynay olmasa kerak. U maydonga tushishga tayyor emas. Gabriel Jezus mashg‘ulotlarda og‘riq his qilmayapti, ammo uch oylik tanaffusdan so‘ng uning jismoniy holatini a’lo deya olmayman. Serxio Aguero yaxshi formada, u bugun jamoa bilan shug‘ullandi va ertaga maydonga tusha oladi.
Ha, "Yunayted" oxirgi o‘yinlarini Ibrahimovichsiz o‘tkazdi, ammo jamoa murabbiy talab qilganidek o‘ynashda davom etmoqda. Ibra - ajoyib hujumchi, ammo jamoada uning o‘rnini bosadigan Lingard, Yang va Rashford bor", - deydi Gvardiola.