Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Oliy liga. “Neftchi” – “Olmaliq” (prevyu)

Oliy liga. “Neftchi” – “Olmaliq” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 8-turida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi o‘z maydonida Toshkent viloyatining “Olmaliq” klubini qabul qiladi. Quyida mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir ma’lumotlarni taqdim etamiz.

“Neftchi” va “Olmaliq” oliy ligada 18 marta to‘qnash kelishgan. Ushbu o‘yinlardan 10 tasida farg‘onaliklar g‘olib bo‘lishgan. 3ta o‘yin durang hisobida yakunlangan, “Olmaliq” hisobida 5ta g‘alaba mavjud.

“Neftchi” shu kungacha o‘zaro o‘yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 35ta to‘p kiritgan, Toshkent viloyati klubi esa “Neftchi” darvozasiga 20 ta gol urgan. “Olmaliq”  o‘zaro o‘yinlarda 18 ochko ishlab olgan bo‘lsa, “Neftchi” 33 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Neftchi”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi 4:0 ni tashkil qiladi. “Olmaliq”ning yirik g‘alabasi esa 3:0.

O‘tgan mavsumda Olmaliq va Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda maydon egalari g‘alaba qozonishgan edi. “Neftchi”ning safardagi mag‘lubiyatiga Ro‘zimboy Ahmedov, Yaroslav Martinyuk hamda  Doniyor Ismoilovlar tomonidan kiritilgan gollar sabab bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘onada Sherzod Hakimovning dubli va Sardor Rahmonovning penaltidan urgan goli Andrey Fyodorov jamoasiga g‘alaba keltirgan.

 

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh o‘yin natijasi quyidagicha yakunlangan:

27.09.2016 «Neftchi» – «Olmaliq» 3:1
07.06.2015 «Neftchi» – «Olmaliq» 3:1
16.05.2014 «Neftchi» – «Olmaliq» 2:1
14.09.2013 «Neftchi» – «Olmaliq» 4:0
21.11.2012 «Neftchi» – «Olmaliq» 4:2

Mazkur jamoalarning 19-raqobatiga Farg‘ona shahri mezbonlik qiladi. Uchrashuv 29 aprel kuni  “Istiqlol” stadionida soat 17:00da start oladi. Yoshlar ligasi doirasidagi o‘yin esa 16:30ga belgilangan.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 14:48, 27.04.2017.
O'qildi: 2526 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.