Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Oliy liga. "Metallurg" - "Buxoro" (prevyu)

Oliy liga. "Metallurg" - "Buxoro" (prevyu)

Baho:
+ | -

28-29 arpel kunlari oliy liga musobaqalari dorisada 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu turda “Buxoro” safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

“Metallurg” va “Buxoro” oliy ligada jami 36 bor o‘zaro kuch sinashgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarning 17 tasida bekobodliklar, 15 tasida buxoroliklar g‘alaba qozonishgan. Atigi 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Qiziq tomoni, to‘plar nisbati bo‘yicha mutloq tenglik bo‘lib turibdi – 50:50. “Buxoro”ning “Metallurg” ustidan qozonilgan eng yirik g‘alabasi 4:0 bo‘lsa, “Metallurg”da bu ko‘rsatgich 3:0ga teng. Bu raqiblar o‘rtasida eng sermahsul uchrashuv 2014 yilgi mavsumda kuzatilgan. Bekobodda kechgan uchrashuvda jami 7 ta to‘p kiritilgan va yakunda mezbonlar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishgan.

O‘zaro uchrashuvlarda “Metallurg” 55 ochkoni, “Buxoro” 49 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

FAKT: “Buxoro” o‘z tarixida Bekoboddan atigi ikki marta g‘olib sifatida qaytgan. Dastlabki g‘alaba 2015 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida kuzatilgan. O‘sha uchrashuvda Melziddinov va Fominning gollari buxoroliklarning ilk g‘alabasini ta’minlagan. O‘tgan, 2016 yilgi mavsumda “Buxoro” Bekoboddan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan. O‘sha uchrashuvda Chemirtan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Shavkat Salomovning 90-daqiqada kiritgan goli “Buxoro”ning ketma-ket ikkinchi bor “Metallurg”ni safarda mag‘lub etishiga zamin yaratgan.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi 5 ta uchrashuv:

24.09.2016 “Metallurg”-“Buxoro” 1:2
30.10.2015 “Metallurg”-“Buxoro” 1:2
22.08.2014 “Metallurg”-“Buxoro” 4:3
29.06.2013 “Metallurg”-“Buxoro” 2:1
13.05.2012 “Metallurg”-“Buxoro” 2:0

Manba: pfcbuxoro.com
Kiritildi: 14:50, 27.04.2017.
O'qildi: 2986 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.