Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘z himoyachilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin. Insayder Karlos Monfort ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» fransiyalik qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan xayrlashish haqida o‘ylamoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati Kundening o‘tgan mavsumdagi o‘yin saviyasidan norozi bo‘lgan. «Barselona» Jyulni sotishga tayyor va uning o‘rniga yangi himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda.

27 yoshli fransiyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon «ko‘k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Kunde va Kataloniya klubi o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi. Ayni paytda futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:53, 02.06.2026.
O'qildi: 3941 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик