Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alvaresning tanlovi aniq

Alvaresning tanlovi aniq

Baho:
+ | -

Xulian Alvaresning kelajagi borasida noaniqlik hukm surmoqda.

Avvalroq «Barselona» «Atletiko» hujumchisini 100 million yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha taklif bilan chiqqani, ammo bu madridliklarni qanoatlantirmagani xabar qilingandi. As nashrining yozishicha, «matraschilar» kataloniyaliklar bilan muzokara o‘tkazishni istamayapti va futbolchi sotilmasligini ta’kidlamoqda. «Atletiko» o‘z pozisiyasini Alvares uchun belgilangan 500 million yevrolik tovon puli bilan asoslamoqda.

Argentinalik forvardga «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda, ular bir necha oy oldin Madrid klubi bilan bog‘lanishgan. Klublar o‘rtasida iliq munosabatlar mavjud, biroq futbolchining o‘zi Luis Enrike jamoasida o‘zini ko‘rmayapti va aynan «Barsa»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Xulianni sotib olish imkoniyatini «Arsenal» ham ko‘rib chiqmoqda, ammo hozirgi vaqtda hujumchi «Manchester Siti»da o‘ynagan Angliyaga qaytishni istamayapti.

O‘tgan mavsumda Alvares La Ligada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 02:05, 02.06.2026.
O'qildi: 2304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик