El Chiringuito xabariga ko‘ra, Florentino Peres Madrid klubi prezidenti lavozimiga qayta saylansa, himoyachi Ibraima Konate «Real» futbolchisiga aylanadi.
Ispaniya matbuotiga ko‘ra, «Qirollik klubi»ning amaldagi rahbari fransiyalik himoyachi bilan allaqachon kelishuvga erishgan va transfer bo‘yicha barcha ishlarni tayyorlab qo‘ygan. Biroq kelishuvning yakuniy rasmiylashtirilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Peresning prezidentlik kursisini saqlab qolishiga bog‘liq.
Yaqinda Konate shartnomasi yakunlangani munosabati bilan «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etdi. Bir qator Yevropa klublarining qiziqishiga qaramay, 27 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar aynan «Real» bo‘lib qolmoqda.
Agar Peres saylov natijalariga ko‘ra o‘z lavozimini saqlab qolsa, Madrid klubi himoyachini transfer kompensasiyasi to‘lamasdan o‘z safiga qo‘shib oladi.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, Konatedan so‘ng «Komo» yarim himoyachisi Niko Pas ham «Real»ga o‘tishi mumkin.













