Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/11 01:00 Real Madrid 1-3 Milan
06/11 01:00 Liverpul 4-0 Bayer
06/11 01:00 Sporting 4-1 Manchester Siti
06/11 01:00 Lill 1-1 Yuventus
06/11 01:00 Bolonya 0-1 Monako
06/11 01:00 Seltik 3-1 RB Leypsig
06/11 01:00 Borussiya D 1-0 Shturm
06/11 15:00 Poxang Stilers 4-2 Shandong Taishan
06/11 15:00 Yokogama Marinos 5-0 Buriram Yunayted
06/11 17:00 Bangkok Yunayted 4-1 Li Man
06/11 17:00 Tep Han Nam Din 3-2 Tampines Rovers
06/11 19:00 Oltin Asr 0-4 At-Ta'vun
06/11 19:00 Nasaf 1-2 Al-Hussayn
06/11 21:00 Traktor 7-0 Ravshan
06/11 21:00 Xolidiya 4-1 Al-Quva al-Javiya
06/11 21:00 Kuvayt SK 3-3 Shabab al-Ahli
06/11 22:45 Bryugge 1-0 Aston Villa
06/11 22:45 Shaxtyor 2-1 Yang Boyz
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg

Oliy liga. "Paxtakor" - "Navbahor" (prevyu)

Oliy liga. "Paxtakor" - "Navbahor" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Mamlakat chempionatining 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv jamoalarning oliy ligadagi o‘zaro 51-o‘yini sifatida qayd etiladi. Raqiblar shu kunga qadar umumiy hisobda O‘zbekiston chempionatida 50 marotaba o‘zaro kuch sinashishgan. 33 ta o‘yin «Paxtakor» g‘alabasi bilan yakun topgan bo‘lsa, 11 ta bahsda «Navbaxor»ning qo‘li baland kelgan, 6 qarama-qarshilikda durang kuzatilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 90-37, raqib foydasiga. 

Navbatdagi tur oldidan “Paxtakor” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganligini qo‘shimcha qilish joiz. Rahbariyat almashgach, bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yin arafasida bosh murabbiy ham almashdi. Qisqa fursat oralig‘ida bosh murabbiy sifatida ish yuritgan Ravshan Haydarov o‘rnini Jasur Abduraimov egalladi. E’tiborli jihati Abduraimov bosh murabbiylikni vaqtinchalik bajarib turadi. Bu esa “Paxtakor”da yana bir bor murabbiy almashishidan darak bermoqda.

Toshkentliklar bir tur oldin “Lokomotiv”ga qarshi jiddiy o‘yinda maydonga tushishgani sababli bir qator yo‘qotishlar kuzatildi. Shu sababli “Navbahor” bilan o‘tadigan bahsda diskvalifikasiya tufayli Aleksandr Lobanov, Kamoliddin Tojiyev va Davron Hoshimovlar maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari jamoa tarkibida jarohat tufayli uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan futbolchilarni borligi ham e’tirof etilmoqda.

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlab, ayrim qiziqarli raqamlarga guvoh bo‘lish mumkin. Masalan Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi to‘purar nomiga ega bo‘lib turibdi. «Paxtakor» sharafini himoya qilgan Geynrix «Navbahor» darvozasini sakkiz bor nishonga olgan. Yana bir sobiq «paxtakor»chi Zayniddin Tojiyev hisobida beshta gol bor.

«Navbahor» safida maydonga tushgan Oleg Shaskix, Leonid Koshelev va Shuhrat Mirxoldirshoyevlar to‘rt martadan poytaxtliklar darvozasini nishonga olishgan. E’tiborli jihati Koshelev har ikki jamoada ham gol urishga erishgan. Ya’ni «Navbahor»dan ketgan Leonid «Paxtakor» safida uch bor muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, Vladimir Baranov hamda Vadim Kotelnikovlar ham har ikki jamoa tarkibida muvaffaqiyat qozonishgan.

«Paxtakor» jamoasining shu kunga qadar «Navbahor» darvozasiga kiritgan 90 ta golining o‘n bittasini penaltidan urilganligini e’tirof etish o‘rinli. Yana uchta golga esa jamoamiz tarkibida harakat qilgan Shavkat Raimqulov, Doniyor Usmonov va Igor Golbanlar mualliflik qilishgan. Ya’ni ushbu himoyachilar o‘z darvozalariga to‘p kiritib qo‘yishgan.

2009 yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan o‘rin olgan uchrashuvda Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi yagona «xet-trik» muallifiga aylangandi. Uchrashuvda qayd etilgan 7:0 hisobi o‘zaro hisob-kitobdagi eng yirik natija bo‘lib tarixga kirgan. O‘yinlar davomida to‘qqizta «dubl» kuzatilganligini ham qo‘shimcha qilish lozim. «Dubl»larning ikkitasiga «Navbahor» tarkibida harakat qilgan Shuhrat Mirxoldirshoyev va Aleksandr Shadrinlar mualliflik qilishgan.

«Paxtakor» o‘zaro o‘yinlarning to‘qqiztasida yirik hisobdagi g‘alabalarni qo‘lga kiritgan. Yirik natijalar 2000 yildan keyin kuzatilganligini ham qo‘shimcha qilish mumkin. Hozircha jamoamiz hisobida ana shunday yirik g‘alabalar mavjud emas. O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlagan dastlabki yillarda raqiblarning o‘zaro o‘yinlarida nisbatan tenglik kuzatilgandi. Ammo, keyinchalik «Paxtakor»ni kuchli tarkibga ega bo‘lishi va deyarli har bir mavsum uchrashuvlarida faqat g‘alabani tantana qilishi o‘rtadagi farqni katta bo‘lishiga olib kelgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 18.30da Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy o‘yingohida boshlanadigan «Paxtakor» - “Navbahor” uchrashuvini navoiylik Zokir Qodirov boshqaradi. Unga qanotlarda navoiylik Obid Jumayev va Ruslan Samandarovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini qarshilik Qahramon Rasulov bajaradi. Nazoratchi hakamlik samarqandlik Xushvaqt Muxtorov zimmasiga yuklatilgan. Uchrashuvni PFL vakili sifatida Farhod Magametov kuzatib boradi.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari natijalari

1992 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:1
Gollar: U.Ro‘zimov (82) – V.Kechinov (12).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: N.Hasanov (60).

1993 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:2
Gollar: R.Galiyev (10), SH.Maqsudov (31), V.Kechinov (70-pen.) – V.Keldiyev (12), Q.Abduqodirov (27).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 2:1
Gollar: F.Xabibulin (75), M.Bayramov (82) – SH.Maqsudov (65).

1994 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:1
Gollar: A.Rahimov (63) – S.Arslonov (30).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:1
Gollar: F.Xabibulin (26) – I.SHaripov (90).

1995 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: O.SHaskix (37).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:2
Gollar: A.Ma’rufaliyev (17) – O.SHaskix (31), Z.Musaboyev (87).

1996 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: O.SHaskix (71).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: R.Bozorov (13,76), S.Xodiyev (81) – F.Magometov (82).

1997 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:2
Gollar: A.Abduraimov (29-pen.), S.Morgulis (72) – O.SHaskix (01), Q.Abduqodirov (27).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: SH.Abdurahmonov (04).

1998 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: E.Gambarov (26).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: I.SHkvirin (4-pen.,62).

1999 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: A.Xvostunov (23), I.SHkvirin (42-pen.), A.Abduraimov (78) – L.Koshelev (43).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: L.Koshelev (75).

2000 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 2:0
Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (45,84).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: I.SHkvirin (13), V.Baranov (21) – L.Koshelev (19).

2001 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gol: B.Seytkamolov (79).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: V.Lyutiy (31), L.Koshelev (72) – V.Kotelnikov (67).

2002 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 5:1
Gollar: N.Quttiboyev (06), L.Koshelev (10), V.Kiryan (59), G.Gochkuliyev (71), V.Kotelnikov (75) – SH.Mirxoldirshoyev (65).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gol: G.Gochkuliyev (15)

2003 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:1
Gollar: J.Hasanov (56) – T.Kapadze (64).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: M.Bikmayev (75).

2004 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: L.Koshelev (12), Z.Tojiyev (45+1,69).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: SH.Mirxoldirshoyev (47).

2005 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: A.Geynrix (61), L.Koshelev (84).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:3
Gollar: T.Kapadze (22), SH.Raimqulov (75-avtogol), A.Soliyev (84).

2006 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:0
Gol: A.Mirzoyev (72).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: Z.Tojiyev (45), S.Jeparov (45+1-pen.), A.Soliyev (48).

2007 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: S.Jeparov (3), A.Soliyev (5).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:2
Gollar: V.Baranov (65) – I.Suyunov (36), Z.Tojiyev (79).

2008 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: A.Geynrix (64-pen.), S.Abdullayev (82), O.Ahmedov (90+2).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:5
Gollar: I.Suyunov (36), E.Magdeev (44), A.Geynrix (47), Z.Tojiyev (70), D.Markovich (79).

2009 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:2
Gollar: A.Mahmudov (88) – S.Andreev (49), O.Ahmedov (85).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 7:0
Gollar: A.Geynrix (4,42,48), O.Ahmedov (24,62), G‘.O‘runov (66), F.Tojiyev (75-pen.).

2010 yil
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gol: A.Azizov (20).
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:1
Gollar: D.Usmonov (45-avtogol), A.Geynrix (48,60) - A.Abdullayev (74).

2011 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: T.Abduxoliqov (28), D.Savich (35) – O.Valijonov (31).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 2:0
Gollar: A.SHadrin (19,24).

2012 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: V.Kozak (14), K.Maxaradze (77-pen.) – I.Boydedayev (90).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gollar: K.Maxaradze (35).

2013 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:0
Gollar: I.Sergeev (20), J.Oganesyan (37).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 2:2
Gollar: R.Ahmedov (49-pen.), A.Abdullayev (90+1) – D.SHarofiddinov (7), J.Iskanderov (44).

2014 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 2:1
Gollar: I.Sergeev (5), B.Miladinovich (90+4-pen.) – B.YOqubov (10).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gol: B.Miladinovich (90-pen.).

2015 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 1:0
Gol: S.Andreev (83).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 0:1
Gol: K.Maxaradze (77).

2016 yil
«Paxtakor» - «Navbahor» - 3:0
Gollar: I.Sergeev (36-pen.,62), I.Golban (59-avtogol).
«Navbahor» - «Paxtakor» - 1:5
Gollar: SH.Abbosov (90+2) - J.Sohibov (29,86), A.Ahmedov (53), J.Hakimov (62), J.Iskanderov (77).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:34, 28.04.2017.
O'qildi: 3760 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.