Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Oliy liga. "Mash’al" - "Bunyodkor" (prevyu)

Oliy liga. "Mash’al" - "Bunyodkor" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun «Mash’al» Oliy liganing 8-turida, Muborakda «Bunyodkor» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Jamoalarning o‘tgan mavsumda bo‘lib o‘tgan har ikki bahsida ham g‘olib nomi aniqlanmagan va durang natijalar qayd etilgan, bugun bo‘ladigan bahs esa shubhasiz shiddatli o‘tishi aniq. O‘yin soat 17:30da boshlanadi/

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 18 marta kuch sinashgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko‘rsatmoqda. “Qaldirg‘ochlar” 15 ta bahsda g‘alaba qozonishgan. “Mash’al” hisobida bitta g‘alaba bor. 2 bor kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 37-5, “Bunyodkor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 48 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Mash’al”da bu ko‘rsatkich hozircha 6 bo‘lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mash’al” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 5:1. “Mash’al”ning yagona g‘alabasi 3:2 ga teng.

O‘tgan mavsum «Gazchilar» «Bunyodkor» bilan har ikki bahsda ochko olishga erishgan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda hisob ochilmagan (0:0), Muborakda kechgan bahsda yana hisob durang bilan yakunlangan (1:1).

Muborakda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

14.08.2016 «Mash’al» – «Bunyodkor» 1:1
30.09.2015 «Mash’al» – «Bunyodkor» 3:2
23.03.2014 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:2
21.11.2012 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:2
07.03.2011 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:2
05.08.2010 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:2
12.11.2009 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:1
11.09.2008 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:2
14.04.2007 «Mash’al» – «Bunyodkor» 0:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Muborakdagi o‘yinlarda “qaldirg‘ochlar” 14ta gol urishgan 12 o‘yinda g‘alaba qozonishgan va bir marta mag‘lubiyatga uchragan va
1 bor urang qayd etgan. "Mash’al" o‘z maydonida 4 marta gol urib, 1 o‘yinda g‘alaba qozongan.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 11:23, 28.04.2017.
O'qildi: 2734 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.