"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 35-turida "Tottenhem" bilan uchrashuvda o‘z jamoasini favorit deb hisoblamayapti.
"Birinchi uch o‘rin uchun kurash davom etyapti. "Arsenal" yetakchi guruhga qo‘shilishi mumkin, ammo buning uchun qolgan barcha uchrashuvlarni yutishimiz kerak. "Shporlar" - biz bilan uchrashuvning favoriti, bunaqasi kam uchraydi", - deydi Venger.