«Milan» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoani tark etmoqchi emas. 18 yoshli futbolchiga Yevropa grandlari qiziqishmoqda. Bu haqda klub sport direktori Massimo Mirabelli xabar berdi.
«O‘tgan hafta Donnarumma va uning agenti bilan gaplashgach, kiperning «Milan»da qolmoqchi ekanini bildik. U klubda baxtiyor ekanini aytdi. Endi shartnoma borasida kelishib olishimiz shart»,-dedi Mirabelli.