Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Chippakka chiqqan chempionlik…

Chippakka chiqqan chempionlik…

Baho:
+ | -

Musobaqa yakuniga 7 tur qolganida «Spartak» RPLda yaqin ta’qibchisidan 10 ochkoga oldinda bormoqda. Biroq orziqib kutilayotgan chempionlikni nishonlashga Massimo Karrera shogirdlari oshiqishmayapti. Bu - chinakam professionallarga xos fazilat. Chunki futbol olami uzoq vaqt davomida peshqadamlik qilib, so‘nggi pallada deyarli naqd bo‘lgan chempionlikni raqiblariga berib qo‘ygan jamoalarga ko‘p shohid bo‘lgan. Quyi­dagi maqola finishda sovrindan chetda qolgan «chala chempionlik» haqida.

«Nyukasl» - 1995|1996 yillar mavsumi

Marraga 13 tur qolganida 12 ochko oldinda bo‘lgan

O‘sha mavsum «MYU» uchun UYEFA kubogining saralashi doirasida «Rotor»­dan qabul qilingan alamli mag‘lubiyat bilan boshlangandi. Ichki musobaqada ham «qizil iblislar»ning omadi chopmay, «Nyukasl»ni oldinga o‘tkazib yuborishdi. Fevralga kelib Kevin Kigan shogirdlari «MYU»dan 12 ochko ilgarilab ketishdi. Garchi oldinda 13 tur bo‘lsada, aksariyat mutaxassislar «Nyukasl»ning 69 yil ichidagi ilk chempionligiga shubha qilishmayotgandi. Falokat «Vest Xem» va aynan «MYU»ga qarshi bahslardagi omadsizlikdan boshlandi. O‘rtadagi farq shiddat bilan qisqarib, olti uchrashuvdan so‘ng butunlay barham topdi. Shundan keyin «qon» hidini sezgan Aleks Fergyuson shogirdlari «Nyukasl»ni oldinga o‘tkazib yubormadilar. Oxirgi ikki turda g‘alabaga erishdilar. «Nyukasl» esa «Nottingem Forest» hamda «Tottenxem» bilan murosa yo‘lini tanlab durang­ga erishdi.

Keyingi mavsumda ham Kigan jamoasi birinchi davrani yetakchi maqomida tugatdi, biroq yakunda yana ikkinchi bo‘ldi. Shundan keyin sov­rindorlar safiga ko‘tarila olmagan jamoa hozirda APLga chiqish uchun kurashmoqda.

«MYU» - 1997|1998 yillar mavsumi

Marraga 16 tur qolganida 11 ochko oldinda bo‘lgan

Oradan ikki yil o‘tgach, endi «MYU» «chala chempion» maqomini olishga majbur bo‘ldi. Unvon uchun so‘nggi turga qadar ayovsiz kurash olib borish lozimligini bir yildan beri Arsen Venger rahbarligida to‘p surayotgan «Arsenal» amalda isbotladi. Vaholanki, ser Aleks jamoasi olti uchrashuvdan iborat g‘alabalar seriyasi evaziga yangi yilni yakka peshqadam sifatida kutib olgan, ikkinchi o‘rindagi «Arsenal» bilan 11 ochkolik tafovutni ta’minlashgandi. Aynan o‘sha pallada endigina ish boshlagan Arsen Venger shogirdlarining omadsizligiga taqvimning noqulayligini bahona qilgan, bu esa Fergyusonning jig‘iga tekkandi. Shu tariqa fransiyalik va shotlandiyalik murabbiylarning yashil maydondagi qarama-qarshiligi shaxsiy xusumatga aylandi. Oqibatda ikki grand o‘rtasidagi tortishuvga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. O‘sha mavsum Venger kasbdoshidan uzr surashga majbur bo‘lmadi. Chunki ikkinchi davrada o‘zining haq ekanligini isbotladi - barcha uchrashuvlarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan «to‘pchilar» muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishdi.

«Arsenal» - 2002|2003 yillar mavsumi

Marraga 10 tur qolganida 5 ochko oldinda bo‘lgan

2003 yili londonliklar qatorasiga ikkinchi marta «Oltin dubl»ni qayd etish tadorigini ko‘rishayotgandi. Rojdestvo tantanalaridan keyin jamoa «MYU»dan ilgarilab ketdi. Ke­yingi bahslarni ham ko‘ngildagidek o‘tkazgan bo‘lsada, baribir, maqsadga erisholmadi - Fergyuson o‘z shogirdlari bilan shiddatli finishni ta’minladi. Oxirgi 18ta uchrashuvda erishilgan 15ta g‘alaba, 3ta durang tojni «Arsenal»dan tortib olish uchun yetarli bo‘ldi.

«Real» - 2003|2004 yillar mavsumi

Marraga 12 tur qolganida 8 ochko oldinda bo‘lgan

Tarkibiga Devid Bekxem, Luish Figu, Zayniddin Zidan va Ronaldoni jamlagan «Qirollik klubi» fantastik g‘alabalarga ham, ajabtovur mag‘lubiyatlarga ham qodir edi. 2004 yili bahorda ta’qibchilardan 8 ochkoga ilgarilab ketgan jamoaning unvonni himoya qilishiga mone’lik qiladigan alomatlar yo‘q edi. Tafovut unchalik katta bo‘lmasada, «Real» ayni tobiga kelgan holatda edi. Keyinchalik yuz bergan voqealar hanuzgacha futbol olamining buyuk jumbog‘i bo‘lib qolmoqda. Karlush Keyrush shogirdlari butun mavsum davomida misqollab yig‘ilgan ustunlikni bor-yo‘g‘i 5ta uchrashuvda yo‘qqa chiqarishdi. Vaholanki, Madrid derbisidagi «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alaba «Qirollik klubi»ning birinchi o‘ringa ko‘tarilishini ta’minlagandi. Lekin qatorasiga boy berilgan beshta bellashuv jamoani nafaqat chempionlik, balki sovrinli o‘rinlardan ham mahrum etdi.

«Monako» - 2003|2004 yillar mavsumi

Marraga 19 tur qolganida 10 ochko oldinda bo‘lgan

Mavsum knyazlik klubi uchun omadsiz yakunlandi. Birinchi davrani yuksak saviyada o‘tkazgan monegasklar ta’tilga «Lion»ni mag‘lubiyatga uchratgan holda yo‘l olishgandi. Ikkinchi davra o‘yinlarida «Monako»ni umuman tanib bo‘lmay qoldi - g‘alabalar qariyb ikki baravarga kamaydi, duranglar ko‘payib ketdi. Ayniqsa, asosiy ta’­qibchilarni mag‘lub eta olishmagani salbiy ta’sir o‘tkazdi. Ochkolardagi ustunlik turdan-turga qisqarib bordi. Jamoa nafaqat «Lion», balki «PSJ»ni ham oldinga o‘tkazib yubordi. Nihoyat, uzoq yillik tanaffusdan so‘ng «Monako» joriy mavsumda nufuzli sovrin sari dadil odimlamoqda. Ko‘z tegmasin!

«Lokomotiv» (Moskva) - 2004|2005 yillar mavsumi

Marraga 8 tur qolganida 7 ochko oldinda bo‘lgan

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:52, 30.04.2017.
O'qildi: 13134 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.