Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Poytaxtimizda boks bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Poytaxtimizda boks bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.

Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida 30 apreldan - 7 mayga qadar bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatida Osiyo boks Konfederasiyasi (ASBC)ga a’zo 29 mamlakat - O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Eron, Iordaniya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Malayziya, Butan, Livan, Nepal, Falastin, Qatar, Singapur, Tailand, Indoneziya, Filippin, Yaponiya, Tayvan, BAA, Iroq hamda Suriya davlatlaridan 179 nafar eng kuchli bokschilar g‘oliblik uchun ringga chiqishadi.

Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini quyidagi bokschilarimiz himoya qilishadi: Hasanboy Do‘smatov (-49 kg), Jasurbek Latipov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg), Shahram G‘iyosov (-69 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg).

Xalqaro havaskor bokschilar Assosiasiyasi (AIBA) qoidalariga ko‘ra, janglar 10ta – 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81, 91 va +91 kg vazn toifalarida o‘tkaziladi. Shuningdek, mazkur qit’a chempionatida bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashishdan tashqari joriy yilning 23 avgustidan – 4 sentyabrigacha Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

Vakillarimizning qit’a birinchiligidagi ishtiroklarini -52 kg vazn toifasidagi bokschimiz Jasurbek Latipov boshlab berdi. Pokistonlik Sayid Asifga qarshi jang o‘tkazgan bokschimiz raqibini ishonchli tarzda mag‘lub eta oldi. Latipov endi ikkinchi bosqichda qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi jang o‘tkazadi. Bugun yana besh nafar vakillarimiz ringga ko‘tariladilar:

Murodjon Ahmadaliyev – SH. Maydarov (Turkmaniston) (-56 kg)

Iqboljon Xoldorov - Ashish (Hindiston) (-64 kg)

Hasanboy Do‘smatov - Txivanka Pallexa (SHri-Lanka) (-49 kg)

Isroil Madrimov - Qosim Abduamad (Falastin) (-75 kg)

Sanjar Tursunov - Xeong Kyu Kim (J. Koreya) (-91 kg)

Ma’lumot uchun, jahon chempionatida Osiyo qit’asi uchun 60 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, Toshkentdagi qit’a chempionatida har bir vazn toifasida eng kuchli 6 nafar bokschilar jahon chempionati lisenziyasiga ega bo‘lishadi.

Ta’kidlash lozimki, Osiyo chempionatini o‘zida qabul qilish uchun qit’amizning bir necha davlatlari da’vogarlik qilishgandi. Ammo O‘zbekistonda boksni rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish tajribasi, mamlakatimizdagi mavjud sport infratuzilmasi va eng muhimi Rio Olimpiadasida o‘zbekistonlik bokschilarning yettita medalga sazovor bo‘lib, bu borada nafaqat Osiyoda, balki jahonda ham tengsiz ekanliklarini isbotlashgani Osiyo boks Konfederasiyasi (ASBC) mutasaddilariga chempionat mezbonligini aynan bizga berishlari uchun turtki bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionati 7 mayga qadar davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:24, 01.05.2017.
O'qildi: 8090 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик