Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Mile Yedinak: «Avstraliyaning kuchini Rossiyada ko‘rasiz»

Mile Yedinak: «Avstraliyaning kuchini Rossiyada ko‘rasiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Intervyular

Mile Yedinak mana to‘rt yildirki, Avstraliya terma jamoasining sardori hisoblanadi. Tez orada u «sokkeruz»ni ham jahon chempionati, ham Konfederasiyalar kubogida yetakchi sifatida maydonga olib chiqqan dastlabki futbolchiga aylanishi mumkin. Aynan Yedinak Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida avstraliyaliklar tarkibida bog‘ich taqqan. Endilikda uning jamoasini Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederasiyalar kubogida Germaniya, Chili va Kamerun termalariga qarshi jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi. Ayni payt Angliyaning «Aston Villa» klubida faoliyat olib borayotgan futbolchi FIFA.com saytiga intervyu berib, Ange Postekoglu qo‘l ostidagi jamoaning navbatdagi musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida gapirib o‘tdi.

- Rossiyada o‘tkaziladigan Konfederasiyalar kubogida jahonning eng kuchli termalaridan biri bo‘lgan Germaniyaga qarshi maydonga tushishingiz mumkin. Bu narsa sizga nima beradi?

- Yirik turnirda ishtirok etish hamisha qiziqarli va jamoaning rivojlanishi uchun yordam beradi. Konfederasiyalar kubogi bizga jahonning eng yaxshi termalariga qarshi kamida uchta o‘yin o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Shuning­dek, turnirda g‘olib chiqishimiz mumkin. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lavermaydi. Qolaversa, mundialga bir yil qolganda Rossiya iqlimi va urf-odatlariga ko‘nikib olish imkoniyatiga egamiz. Jahon chempionati o‘tadigan stadionlarda o‘ynaymiz. Bu vaqtda u yerdagi muhit, mahalliy madaniyat bilan tanishishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bu tajriba JCH-2018 paytida bizga katta ustunlik berishi ehtimoldan xoli emas.

- Konfederasiyalar kubogidagi raqiblar haqida nima deya olasiz? Germaniya bilan JCH-2010, Chili bilan JCH-2014da to‘qnash kelgansizlar.

- Og‘ir guruh. Lekin chempionlar turnirida kuchsiz raqibning o‘zi bo‘lmaydi. Germaniya - amaldagi jahon chempioni. Ikki yil oldin ularning maydonlarida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynagandik. JCH-2014da Chiliga qarshi uchrashuvni yaxshi boshlay olmagandik. Ammo o‘sha turnirda jahonning kuchli jamoalari bilan teng­ma-teng kurash olib borishimizni isbotladik. Kamerun - Afrikaning amaldagi chempioni. Shunday ekan, guruh bosqichidagi uchta uchrashuvimiz ham biz uchun haqiqiy sinov bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu jamoalar JCH-2018 saralash bahslaridagi raqiblarimizdan mutlaqo farqli o‘yin namoyish qilishadi.

- JCH-2014dagi Avstraliya termasi bilan hozirgisining o‘rtasida qanday farq bor?

- Braziliyada tarkibimiz ancha yosh edi. Hozir esa o‘sishga erishdik. O‘shanda jamoamiz barcha uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandi. Shunga qaramay, raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsata olgandik. Murabbiyimiz har bir uchrashuvda o‘zimizni namoyon etishimizni talab qiladi. Maqsadimiz nafaqat jahon chempionatiga chiqish, balki o‘z uslubimizda o‘ynashdir. Shu bois Konfederasiyalar kubogi biz uchun muhim o‘rin tutadi.

- Avstraliya avvallari ushbu musobaqada yaxshi natijalar qayd etgan. Hozirgi jamoa ham bunga qodirmi?

- Raqibimiz jiddiy bo‘lsa, o‘zimizni ko‘rsatishga odatlanganmiz. Rossiyada Avstraliya termasining qanday kuchga ega ekanligini ko‘rasiz.

- JCH-2014da termaga sardorlik qilgansiz. Yirik turnirda bog‘ich taqish sharaf bo‘lsa kerak?

- Milliy jamoa libosini ki­yish har bir avstraliyalik futbolchi uchun faxr. Jahon chempionatida sardor bo‘lish esa boshqa daraja. Bu nafaqat o‘zim, balki oilam, do‘st­larim uchun ham sharafdir.

- «Sokkeruz»ning oldingi Konfederasiyalar kubogidagi muvaffaqiyatlarini eslaysizmi? Masalan, 2001 yili Fransiya va Braziliya termalari mag‘lub etilgan. 1997 yili esa jamoa finalgacha yetib borgan.

- Oldingi avlod futbolchilarining muvaffaqiyatlari olg‘a intilishimizda yordam beradi. Esimda, 2001 yili Fransiya va Braziliya termalari ustidan qozonilgan g‘alaba mamlakatda futbolning rivojiga ancha katta hissa qo‘shgandi. Shuningdek, 1997 yilgi Konfederasiyalar kubogida qatnashganlarning deyarli barchalarini taniyman, ular JCH-1998 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgandilar. O‘shanda jamoa sharafini Grem Arnold, Aurelio Vidmar, Aleks Tobin, Ned Zelich, Robbi Sleyter, Garri Kyuell, Mark Viduka, Jon Aloizi va Yosip Skoko kabi futbolchilar himoya qilishgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:33, 01.05.2017.
O'qildi: 3399 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.