«Monako» hujumchisi Radamel Falkao jamoani tark etmoqchimas.
31 yoshli futbolchi bu haqda L’Equipe nashriga gapirgan.
«Oilam bilan o‘zimni Monakoda yaxshi his qilmoqdaman. Bu yerdagi hayotga ko‘nikib ketdik. Bu menga xotirjam ishlash uchun ko‘mak bermoqda. Lekin so‘nggi qarorni rahbariyat qabul qiladi.
«Monako» chempionat va Chempionlar ligasida sovrin yutmoqchi. Shu tufayli ham bu yerda qolishdan baxtiyorman» - dedi Falkao.
Kolumbiyalik futbolchining shartnomasi 2018 yilgacha mo‘ljallangan.