Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Tezkor xabar: «Real» Mark Kukurelya transferini hal qildi

Tezkor xabar: «Real» Mark Kukurelya transferini hal qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubi a’zosiga aylanadi. Kutilayotgan transfer haqida insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«Barcha tomonlar, jumladan futbolchining o‘zi bilan ham og‘zaki kelishuvga erishildi. U Mourinyu o‘z jamoasida ko‘rishni istagan o‘sha chap qanot himoyachisidir. Kelishuv tafsilotlari sal keyinroq ochiqlanadi», — deya tushuntirish bergan Fabrisio.

Kukurelya yangi klubi ixtiyoriga Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng kelib qo‘shiladi. Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, tarkibida Kukurelya to‘p surgan «Chelsi» hatto yevrokuboklarga ham yo‘llanma ololmagan edi. Joze Mourinyu esa Florentino Peres «qirollik klubi» prezidenti etib qayta saylanganidan so‘ng, shu hafta ichida «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Kiritildi: 22:18, 14.06.2026.
O'qildi: 3859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик