Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» – «Atletiko»: «Santyago Bernabeu» maydoni yuzasidan jamoalar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

«Real» – «Atletiko»: «Santyago Bernabeu» maydoni yuzasidan jamoalar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

Baho:
+2 | -

Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichi doirasidagi o‘yin oldidan "Real" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi.

O‘yindan bir kun oldin "Atletiko" futbolchilari "Santyago Bernabeu" stadioniga mashg‘ulot uchun chiqib kelishdi va havo harorati issiq bo‘lishiga qaramay, "Real" xodimlari maysani sug‘orishmaganini sezishdi. "Matraschilar"ning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Profe Ortega "Santyago Bernabeu" stadioni mas’ul xodimi Paul Burgessdan maydonni sug‘orishni so‘radi. Ammo "Real" vakili ushbu talabga rad javobini berdi.

G‘azabga mingan Ortega "Atletiko" rahbariyatiga murojaat qildi. Ular o‘z navbatida UYEFA inspektorini chaqirishdi. UYEFA rasmiysining ko‘rsatmasi bilan "Real" maydonga suv sepishga majbur bo‘ldi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 22:21, 02.05.2017.
O'qildi: 28394 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик