Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Marat Bikmayev: «4ta gol urib g‘alaba qozonmaslik – alam»

Marat Bikmayev: «4ta gol urib g‘alaba qozonmaslik – alam»

Baho:
+ | -

Mana, OCHL guruh bosqichi finishiga 1ta qoldi. «Pley-off» yo‘llanmasidan hali umid uzmagan klublar orasida «Lokomotiv» ham bor. «Temiryo‘lchilar» 5-turda S.Arabistonining ««Al-Tavon»» klubini qabul qilib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi - 4:4. Ushbu natija «Loko»ga qimmatga tushishi mumkin.

Umuman, Mirko Yelichich jamoasi 5-turdan keyinoq kurashni davom ettirish imkoniyatini yo‘qotishi hech gap emasdi. Xayriyatki, Eronning «Istiqlol» klubi «Al-Ahli»- (BAA)ga yutqazmadi. Ammo hozir ham O‘zbekiston chempionining taqdiri o‘z qo‘lida emas. 6-turda «Al-Tavon»» zafar quchgan taqdirda «Al-Ahli» ustidan qozoniladigan g‘alaba ham «Lokomotiv»ga yordam bermaydi. Boisi, o‘zaro o‘yinlar hisob-kitobida saudlar «temiryo‘lchilar»dan ustun. Xullas, biz Toshkentdagi o‘yinda «xet-trik»ka erishgan Marat Bikmayevdan OCHLdagi ishtirok xususida intervyu oldik.

- Marat, «xet-trik» qayd etganingiz - yaxshi. Nihoyat, bir necha yil avvalgi Bikmayevni qayta kashf etgandekmiz. Lekin yakunda qimmatli 2 ochkodan mahrum bo‘lganinglar - yomon. Umuman, «Al-Tavon»» bilan o‘yinda ikki xil bo‘lim guvohiga aylandik. Buning sababi nima?

- Ha, ochig‘i, gollarim tatimadi. G‘alabani saqlab qolganimizda edi. Afsuski, yana qo‘shib berilgan daqiqalarda gol qo‘yib yuborganimiz pand berdi. Darhaqiqat, birinchi bo‘limda juda yaxshi harakatlandik. Hattoki, hisobni raqiblar ochgan bo‘lsalarda, tushkunlikka berilmadik va tezda javob golini urdik.

Xullas, ilk 45 daqiqalikda murabbiylar ko‘rsatmalarini to‘liq bajardik. Shaxsan men gol qo‘yib yuborganimizdan keyin ham ««Al-Tavon»ni yengishimizga shubhalanmagandim. Afsuski, turli faktorlar bir bo‘lib, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Havoning birdan isib ketgani, ayrim futbolchilar jarohatdan endi qutulib, safga qaytishgani ham ta’sir qildi, menimcha. Eng katta kamchiligimiz - gol qo‘yib yuborishdan cho‘chib to‘p surayotganimiz. Negadir hisobda oldinga chiqib olgach, ustunlikni saqlab qolishga ko‘proq e’tibor qaratyapmiz. Menimcha, bu psixologiya bilan bog‘liq holat.

O‘zimga kelsak, o‘yindan oldin maydonni golsiz tark etmasligimga ishongandim. Bu - ichki tuyg‘u. Birinchi gol urilgan vaziyatni alohida ta’kidlashim kerak. Mashg‘ulotlarda bunday kombinasiya ustida ishlagandik: Masharipov to‘p uzatdi, men darvozani ishg‘ol qildim. Jalol penalti ham ishladi. O‘zi so‘nggi paytlar ikkimiz maydonda bir-birimizni tushunib o‘ynayapmiz. Uchinchi golda esa menga Diyor Turopov yordam berdi. Afsuski, bu gollar jamoamga g‘alaba keltirmadi. Eng alam qiladigani ham shu...

- Tanaffus chog‘i murabbiylar qanday ko‘rsatmalar berishdi?

- Birinchi bo‘limdagi kabi harakatlanishda davom etishimiz zarurligini uqtirishdi. Aslida ikkinchi bo‘limni ham yomon boshlamadik. Lekin o‘ta oddiy holatlarda 2ta gol qo‘yib yubordik. O‘sha vaziyatlarda mehmonlarga shunchaki, omad kulib boqdi. Menimcha, bizga biroz xotirjamlik pand berdi. Shunga qaramay, to‘rtinchi golni ham nishonladik. Ammo yana qo‘shimcha daqiqalar va yana alamli gol... Yuqorida aytdim, bu ruhiy holatga bog‘liq kamchilik.

- Ha, «Istiqlol»ga qarshi kechgan o‘yinda ham xuddi shunga o‘xshash holat kuzatilgandi. Ya’ni hakam qo‘shib bergan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargandinglar...

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:21, 03.05.2017.
O'qildi: 3663 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.