Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

“Bunyodkor” stadionida “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

“Bunyodkor” stadionida “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

FIFA va futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatining rasmiy hamkori — “Gazprom” kompaniyasining “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro bolalar loyihasi shu yil 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Sankt-Peterburgda (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan beshinchi mavsumi start olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

2017 yilda loyihaning ishtirokchi mamlakatlar soni 32 tadan 64 tagacha, ya’ni, ikki barobar ko‘paydi. O‘zbekiston ham ishtirokchi mamlakatlar qatoridan joy olgan. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini “Yashil do‘stlik” jamoasida darvozabon himoya qiladi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, futbolchi (darvozabon) 10–12 yoshda bo‘lishi, 2 yillik futbolchilik tajribasiga ega bo‘lib, ingliz tilini bilishi va boshqalar bilan chiqishimli bo‘lishi kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatdagi futbol klublarning yosh darvozabonlari orasida 19 aprel kuni tanlov o‘tkazdi. Bir necha bosqichdan iborat tanlovda mamlakatning qator klublari orasida “Lokomotiv” tarbiyalanuvichisi, 12 yoshli Ilyos Ahmedov g‘olib bo‘ldi.

Ertaga, 4 may kuni “Futbol do‘stlik uchun” tashkiliy qo‘mitasining ishchi guruhi Toshkentga tashrif buyuradi. 5 may kuni esa “Bunyodkor” stadionining anjumatlar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda loyiha vakillari, O‘FF texnik direktori Shavkat Imomov va bo‘lajak loyihada ishtirok etadigan Ilyos Ahmedov qatnashadi.

5 may kuni soat 10:30 da boshlanadigan matbuot anjumaniga barcha OAV vakillari taklif etiladi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:28, 03.05.2017.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.