«Ayaks» hujumchisi Kasper Dolberg o‘z kelajagi haqida gapirdi.
«Hozir «Man Siti» yoki «MYU»ga o‘tolmayman, chunki bu juda katta qadam bo‘lardi. Muhimi - maydonga tushib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim kerak. Kelajakda nima bo‘lishini esa ko‘ramiz.
Yoshligimda «Barselona»ga muxlislik qilardim. Ulg‘aygach, bu narsalarni unutdim. Angliyada «Arsenal»dagi Anrining o‘yiniga qiziqardim. Ammo bu klubga muxlislik qilmaganman» - dedi Dolberg.
Daniyalik 19 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 46 o‘yin o‘tkazib, 20ta gol urgan.