Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf”

Ilhom Mo‘minjonov: "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf”

Baho:
+ | -

Oliy liga 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Lokomotiv” (2:2) o‘yinidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini aytdi.

«Uchrashuv og‘ir kechdi. Mashg‘ulotlarda standart vaziyatlar ustida ko‘p ishlagandik. Bugun birinchi golni aynan o‘ylagan rejalarimiz orqali urganimizdan juda ham xursandman. "Lokomotiv"dek jamoadan ochko olish - biz uchun sharaf. Olti o‘yindan buyon bittadan ortiq gol ura olmayotgandik. Bugun bu noxush an’anaga chek qo‘ydik. Lekin, shu bilan birga ikkita gol ham o‘tkazib yubordik. Raqib himoyadagi yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolarimizdan so‘ng gol urdi. Gollardan birida darvozabonning ham aybi borligini ta’kidlashim zarur. Nima bo‘lgan taqdirda ham yigitlarga mag‘lubiyatga uchrayotgan vaziyatdan chiqishgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qolaversa, bizni ajoyib tarzda tinmay qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman. Tablodagi hisob o‘yinga mos bo‘ldi deyish mumkin. G‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi? Birozgina omad bizdan yuz o‘girdi, deb o‘ylayman. Raqib darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlarni sodir etdik. Aziz Turg‘unboyevning o‘yini iliq taassurotlar qoldirdi. U asta-sekin asosiy tarkibdan joy olib bormoqda. Turg‘unboyev kelajagi porloq futbolchilar sirasiga kiradi» - dedi Mo‘minjonov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:51, 04.05.2017.
O'qildi: 3660 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.