Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Yevropadagi to‘p surayotgan osiyolik to‘purarlar haqida

Yevropadagi to‘p surayotgan osiyolik to‘purarlar haqida

Baho:
+ | -

Italiya «A» seriyasi 31-turida Shimoliy koreyalik futbolchi Xan Kvan Sonning gol urgani butun Yevropa bo‘ylab yaxshigina aks-sado berdi. Shundan kelib chiqib, Osiyo qit’asi vakillarining ayni payt Yevropa darajasidagi top-ligalarda gol urish masalasini qanday uddalayotganlariga bir nazar tashlashni lozim topdik.

Xan Kvan Son«Kalyari» hujumchisi Xan Kvan Son 9 aprel kuni «A» seriyasi 31-turidan o‘rin olgan «Torino»ga qarshi o‘yin (2:3)da gol urdi. Natijada 18 yoshli futbolchi Italiya chempionatida o‘z nomiga gol yozib qo‘ygan KXDRning ilk vakiliga aylandi. Kvan mart oyida «Kalyari» bilan shartnoma tuzib, klub tarixidagi osiyolik birinchi futbolchi bo‘lgandi. 

Ma’lumot. Xan Kvan Son 1998 yilning 21 iyulida tavallud topgan. 2015 yili «Kalyari» klubi akademiyasiga kirgan. Joriy yil 2 aprel kuni «Palermo»ga qarshi kechgan bahs (3:1)da «A» seriyasidagi debyutini nishonladi. Fakt. Xan Kvan Son Italiya chempionati joriy mavsumida gol muallifiga aylangan eng yosh futbolchi bo‘ldi. U o‘yin vaqti 18 yoshu 9 kunlik edi. Bir paytlar.2001 yilning 22 aprelida «Perudja» vakili An Jun Xvan «Atalanta» darvozasini ish-g‘ol etib, «A» seriyasida gol urgan birinchi koreys futbolchisi nomini olgandi. O‘z o‘rnida.

Ayni payt «A» seriyasida quyidagi osiyolik futbolchilar to‘p surishyapti: Iroq - Ali Adnan («Udineze»); Yaponiya - Keysuke Xonda («Milan»), Yuto Nagatomo («Inter»); KXDR - Xan Kvan Son («Kalyari»). 2004-2005 yillar mavsumida «Redjina» safida hamyurtimiz Ilyos Zeytullayev o‘ynaganini ham eslatish o‘rinli.

Rizo Gujannajod. «Xerenven»ning eronlik hujumchisi joriy yil 22 yanvar kuni PSVga qarshi bahs-(3:4)da «xet-trik» qayd etdi. Rizo shu bilan Yevropada «xet-trik»ka erishgan eronlik birinchi futbolchiga aylandi. Bundan tashqari, o‘tgan asrning 70-yillaridan so‘ng top-ligalar futbolchilari orasida hech kimga Eyndxoven klubi darvozasiga bitta o‘yinda 3ta gol yo‘llash nasib etmayotgandi. Ma’lumot. Rizo Gujannajod 1987 yilning 20 sentyabr kuni Mashhad shahrida tug‘ilgan. U 8 yoshga to‘lgach, oilasi Niderlandiyaga ko‘chib borgan.

Fors yigiti «Kambyur» va «Xerenven» klublarida tarbiyalangan. Ayni payt Gollandiya eredivizioni to‘purari bo‘lishga da’vogar bo‘lib turibdi. U 32ta turda 18ta gol urdi va 2-o‘rinda. Yetakchi - «Feyenoord» vakili Nikolas Yorgensen hisobida esa 21ta gol bor (33-turdan oldingi natija)O‘z o‘rnida. Ayni payt Gollandiya eredivizionida OFK a’zolari vakillari ancha ko‘p: Avstraliya - Jeyson Devidson («Xerakles»), Daniel da Silva («Roda»), Kennet Dugall («Sparta»), Kreyg Gudvin («Sparta»), Bred Jons (NEK), Stefan Mauk (NEK); Eron - Rizo Gujannajod («Xerenven»), Alirizo Jahonbaxsh («Xerenven»); Yaponiya - Mike Xavenar («Ado Den Xaag»), Yuki Kobayashi («Xerenven»), Kosuke Ota («Vitess»); Xitoy - Jan Yuning («Vitess»).

Yuyu Osako. Bundesliga to‘purarlari poygasiga nazar solsak, jadvalning o‘rtarog‘ida yapon futbolchisi nomini ko‘ramiz. To‘g‘ri, «Kyoln»ning mavsum startidagi o‘yinlarida yaxshigina porlagan Yuyu Osako keyinchalik Antoni Modest soyasida qolib ketdi. 18 may kuni 27 yoshga to‘ladigan yapon yigiti 28 yanvarda «Darmshtadt»ga qarshi kechgan safar bahsi (6:1)da «dubl» qayd etgandi.

U shuningdek, Shveysariyaning «Yang Boyz» klubi safida o‘ynagan vaqti yevrokuboklarda 6ta gol urgan. O‘z o‘rnida. Ayni payt bundesligada yaponiyalik  7 nafar futbolchi to‘p suryapti. J.Koreyadan esa 3 nafar futbolchi bor. Osiyolik legionerlar asosan tayanch yarim himoyasi va qanot himoyasi pozisiyalarida harakatlanishadi. Xullas, hozirda bundesligada osiyolik kuchli hujumchi yo‘q.

Son Xyun MinJoriy mavsum «Tottenxem»da o‘z so‘zini aytayotgan koreyalik hujumkor futbolchi APLda jami 16ta gol urdi (oxirgi turdan oldingi natija). «MYU» safida butun Yevropaga dong taratgan Park Ji Sun hisobida esa 

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:47, 05.05.2017.
O'qildi: 3474 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.