"Liverpul" sharafini himoya qilayotgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Virs faoliyatini Angliya premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, vingerning yangi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo‘lishi mumkin. "Aristokratlar" ustozi Xabi Alonso futbolchi bilan qayta ishlashdan manfaatdor. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Virsni Leverkuzenning "Bayer" jamoasida boshqargan.
Transfermarkt portali 23 yoshli yarim himoyachini 110 million yevroga baholamoqda. U "qizillar" safiga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.













