«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goals Zone nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchining xizmatlariga Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyatining hisoblashicha, to‘g‘ri yondashuv orqali Reshford jamoaning hujum chizig‘ini yanada kuchaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsumni Markus Reshford ijara asosida «Barselona»da o‘tkazdi. Kataloniya klubida hujumchini sotib olish huquqi mavjud bo‘lsa-da, «ko‘k-anorranglilar» katta ehtimol bilan ushbu imkoniyatdan foydalanmaydilar.













