Portugaliya milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Ruben Diash yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda El Debate jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, futbolchi faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishga qaror qilgan. Avvalroq «qirollik klubi»ning portugaliyalik himoyachiga bo‘lgan qiziqishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
29 yoshli himoyachining «shaharliklar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida portugaliyalik o‘yinchi 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.













