Bir nechta nufuzli manbalar «Barselona» Entoni Gordonni «Nyukasl»dan transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqlamoqda. Biroq kelishuv summasi bo‘yicha ma’lumotlar turlicha: ba’zi insayderlar 70 million yevro va bonuslar haqida yozsa, boshqalari 80 million yevro va bonuslarni qayd etmoqda.
The Athletic nashrining xabar berishicha, transfer summasi 80 million yevroni va o‘yinchining bo‘lajak sotuvidan olinadigan foizni tashkil qiladi. Manbaning ta’kidlashicha, «Bavariya» ham Gordonni o‘z safiga qo‘shib olishga da’vogarlik qilgan. Ammo myunxenliklar angliyalik futbolchi uchun bunday summani to‘lashga tayyor emasliklari ma’lum bo‘ldi.
25 yoshli Entoni Gordon yakunlangan mavsumda 46 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













