Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Yoshlar ligasida «So‘g‘diyona» «Mash’al»ga yutqazdi

Yoshlar ligasida «So‘g‘diyona» «Mash’al»ga yutqazdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining 9-turida «So‘g‘diyona» - «Mash’al» o‘yini o‘tkazildi.

Mehmonlar dastlabki daqiqalaridanoq o‘z baxtini hujumdan izladi. 23-daqiqada Abbos Amonov burchak zarbasini ijro etdi, jarima maydoniga yetib kelgan to‘pni bo‘ydor himoyachi Shohjahon Qilichev boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab hisobni ochdi 0-1.

Goldan ruhlangan mehmonlar oradan 5 daqiqa o‘tib, o‘zining ikkinchi golini kiritishdi. Bu vaziyatda Shokir Yuldashev chamasi 19 metrlardan darvozani aniq nishonga olib o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi 0-2.

Shu tempda bahsni davom ettirayotgan mehmonlar bo‘lim oxirlarida hisobni yanada yiriklashtirdi. Bu vaziyatda Maradona Safarovning bergan ajoyib pasidan keyin, Shokir Yuldashev o‘zining dublini rasmiylashtirdi 0-3.

Tanaffusdan so‘ng mehmonlar tarkibidagi bir qator o‘zgarishlardan keyin ham hujumkorlik susaytirilmadi. 80-daqiqada hisob yanada yiriklashdi. Asli Jizzax futboli havosida toblangan Siroj Meliyev o‘z hamshaharlarini ayab o‘tirmadi va uning super zarbasidan so‘ng hisob 0-4 ko‘rinishiga keldi.

Biroz xotirjamlikga berilgan yosh “Gazchilar” 84 daqiqada raqiblaridan javob to‘pini qabul qilib olishdi 1-4.

Yoshlar ligasi. 9-tur
“So‘g‘diyona” – “Mash’al” 1:4
Gollar: Izzatilla Abdullayev 84 - Shohjahon Qilichev 23, Shokir Yuldashev 27, 42, Siroj Meliyev 80

Bosh hakam: Nasibullayev Shavkat (Namangan),
Yordamchilar: Shavkat Vayziyev, Turdiyev Muxammad (Jizzax),
Zahiradagi hakam: Sherbo‘tayev Murodjon (G‘allaorol).
Nazoratchi hakam: I. V. Nexochin (Namangan)
“Co‘g‘diyona": 1. Karimov Sarvar (s),2. Xalilov Omon-biik,7.Rashidov Saxob,8. Jo‘rabekov Shaxboz, 10. Mirzayev Aziz,13. Jo‘rayev Sarvar,18. Akbarov Shoxrux,19. Oripov Doston,
27. Qodirov Ibrohim,70. Mamatqulov Dadajon, 90. Urinov Jasur
Zaxira: 37. Isomiddinov Fazliddin,9. Xolbekov Muxsiddin,14. Yaxyoyev Muxammad,
15. Abdullayev Izzatilla, 17. Xudoyberdiyev Ulug‘bek, 20. Jabborov Murodxuja,
22. Orifov Asil
"Mash’al": 53.Rahimjon Davronov,3.Temur Mamatov,9.Abbos Omonov,16.Maradona Safarov, 18.Bekzodjon Tursunov, 23.SHokir Yuldashev,24.Vladislav Pavlenko, 25.SHohjahon Qilichev, 26.Igor Timanyuk, 47.Mo‘mminjon Meliyev,70.Jonibek Mirzoqulov
Zaxira: 99.Jonibek Mo‘minov, 7.Siyovush Yoqubov, 8.Siroj Meliyev,10.Oybek Jo‘rayev,
13.Iskandar Shodmonov, 17.Turg‘un Tursunov, 20.Firdavs Asadov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 19:48, 05.05.2017.
O'qildi: 2745 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.