Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli - Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Zidan: "Agar "Granada"ni oson mag‘lub etamiz desak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz"

Zidan: "Agar "Granada"ni oson mag‘lub etamiz desak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz"

Baho:
+ | -

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 36-turidan o‘rin olgan "Granada"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 "Biz o‘zimiz uchun bu qanday muhim o‘yinligini tushunishimiz kerak va agar biz bu o‘yin oson kechadi, deb o‘ylasak, xato qilgan bo‘lamiz. U qadar ko‘p o‘yin qolmadi va 3 ochko biz uchun mutloq hal qiluvchi omil bo‘ladi. Biz doim qiladigan ishimiz - imkon boricha kuchliroq o‘ynashga, maydonda o‘zimizni bor kuchimizni berib o‘ynashga va qiladigan ishimizni davom ettirishga harakat qilamiz".

"Granada"ni o‘ynashidan maqsadi yo‘q va bu yanada qiyinlashtiradi. Ular "Real Madrid"ga qarshi o‘ynashadi va ularda bir nechta malakali o‘yinchilar bor. Biz bu mavsum yomon bo‘ldi, deb aytishimiz mumkin, chunki ular jadvalda pastga tushib ketishdi, lekin ular yil davomida Primerada bo‘lishga loyiqligini ko‘rsatib kelishdi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqchimiz".

"Biz hech narsa yutmadik. Biz sovrin yutishimiz mumkin, balki yutmasdirmiz. Biz biladigan barchasi - bu har kuni qiladigan ishimizni barchasini yakuniy o‘yinni oxirgi daqiqasigacha qilishimiz kerak. Mana biz nima qilishni xohlaymiz, keyin esa nima bo‘lishini bilmaymiz. Men havotir olmayman. Menga bizga qarshi chiqqan raqiblarga nisbatan hurmat va kamtarlik bilan ishlashimiz yoqadi. Mavsum oxirigacha shunday bo‘ladi".

"Men qo‘limdan kelgancha yaxshiroq ishlashga harakat qilayapman. Mendan kutayotgan haqiqatni ongli ravishda his qilayapman, lekin men hech narsani o‘zgartirmoqchi emasman. Biz bu klubni qanchalar yaxshi ko‘rishlarini bilamiz, bu shundayligicha bor. Siz natijadan farqli o‘laroq boshqa biror narsaga tayinishingiz mumkin emas. Bu klub mening yuragimda, lekin men qayerda turganimni bilaman. Agar siz yutmasangiz, sizni uyga jo‘natishadi, lekin bu menga orzu qilishga, qattiq ishlashga va yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni olishga harakat qilishga halaqit bermaydi".

"Men futbolni tushunishimni bilaman va bu eng muhim omil. Prezident va "Real Madrid" menga shu buyuk klubni shug‘ullantirish imkonini berdi va men har kuni ishga shug‘ullantirish uchun "shafqatsiz och" holatda kelaman. Odamlar menga nisbatan o‘z fikrlariga ega bo‘lishi mumkin, lekin men o‘zgarishni xohlamayman. Men rivojlanishga harakat qilishga diqqatimni yig‘ib olganman va bu meni olg‘a chorlaydi, ayniqsa shu klubda bo‘lgan holatda va bu mening professional hayotimda sodir bo‘lgan eng yaxshi hodisa".

Krishtianu Ronaldu navbatdagi "Oltin to‘p"ga yaqinlashdimi?

"Albatta, u "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga yaqin. Bu uni shaxsiy hizmatlari uchun va u allaqachon bu sovrinni ko‘p yutgan. lekin u keyingisiga yaqinlashmoqda. Uni hamma hurmat qiladi. "Real"ni barcha muxlislari, klubdagilar, tarafdorlari va murabbiy. Siz Krishtianu Ronalduni yaxshi ko‘rasiz yoki yo‘q. Buni o‘rtasida hech kim bo‘lmaydi".

"Men u bilan ko‘p gaplashganman. U o‘zini juda yaxshi biladi va u mavsumda hozirgacha 50 tadan ortiq o‘yin o‘tkazganini biladi, lekin shu o‘yinlardan yig‘ilgan charchoq bilan, endi u biroz dam olishi kerak. Men u bilan ko‘p gaplashdim, xuddi qolgan barcha futbolchilar bilan shu ishni qilganimdek va agar biz ularni mavsumni yakuniy qismiga 100 foiz tayyor holatda kelishini xohlasak, ular ba’zida dam olishlari kerak. Bu futbolchilar bilan suhbat hodisasi".

4 ta yarimhimoyachi

"Biz bir tanlangan yo‘lda boshladik va biz boshqasida tugatishimiz mumkin. Doim shunday bo‘lgan. BBCxalqaro superyulduzlar, ular fantastik o‘yinchilar hisoblanishadi, lekin fakt shundaki, biz o‘yinni bitta uslubda boshlashimiz mumkin va agar o‘yin shuni talab qilsa katta muvozanat bilan yakunlashimiz mumkin. Siz keng o‘yinchilar bilan hujum qilishingiz va himoyalanishingiz mumkin, agar men o‘zgartirish kiritsam, bu doim nafaqat himoyalanish, balki hujum qilish kerak degani emas".

Men BBC va hamma bilan xursandman. Ularni bari yaxshi ishlamoqda, BBCham. Biz yaxshi o‘ynay olmagan paytimizda bir nechta o‘yin bo‘lgandi. Jamoani tanlash qiyin, chunki ularni barchasi buyuk o‘yinchilar va ular fantastik ishni amalga oshirmoqda. BBC ham ajoyib ish qilishmoqda".

Morata

"U "Real" o‘yinchisi va u o‘sib-ulg‘aygan klubiga juda sadoqatli".

"Bernabeu"da o‘tgan Chempionlar Ligasidagi derbi oldidan chiqqan banner haqida

"Men har bir stadionda ko‘plab bannerlar ko‘rganman va bu futbolni bir qismi, Ular doim o‘sha yerda bo‘ladi va qachonki ular sizga qarshi bo‘lsa, sizni jahlingiz chiqadi. Lekin ular baribir bo‘lishadi va bu siz o‘zgartira olmaydigan jihatlardan biri".

Mbappe

"Unda o‘zgacha mavsum o‘tmoqda va qolgan barchasi suhbat uchun gapirishmoqda. Men qo‘l ostimdagi futbolchilarga diqqatimni qaratganman va boshqa hech narsa emas. Men shug‘ullantirmaydigan futbolchilar to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri".

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:43, 06.05.2017.
O'qildi: 4843 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.