Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola «Barselona»ning kelajagi haqida fikr bildirdi

Gvardiola «Barselona»ning kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Barselona» bilan bog‘lanayotgan futbolchilar va Kataloniya klubining kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yoxan Kroyff jamg‘armasi tadbirida qatnashgan ispaniyalik mutaxassis portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvani yuqori baholadi.

— U har qanday joyga moslasha oladi. U juda kuchli futbolchi, — dedi Gvardiola.

Shuningdek, u «Barselona» qiziqish bildirayotgani aytilgan hujumchi Xulian Alvares haqida ham ijobiy fikr bildirdi.

— U juda yaxshi futbolchi. «Siti»da doimo yuqori saviyadagi o‘yinchilar to‘p surishadi, — dedi murabbiy.

Gvardiola «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik faoliyatiga ham yuqori baho berdi.

— U ajoyib ikki yil o‘tkazdi. Jamoada «La Masiya» tarbiyalanuvchilari ko‘pligi bilan birga, ularning o‘yinini tomosha qilish haqiqiy zavq bag‘ishlaydi. «Barselona» juda jozibador futbol namoyish etmoqda. Men Flik boshqarayotgan «Barselona»ning katta muxlisiman va uning u yerda yana ko‘p yillar ishlashini istayman, — dedi Gvardiola.

Gvardiola o‘z kelajagi haqidagi savolga ham javob berdi.

— Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Rostini aytsam, buni hozircha o‘zim ham bilmayman, — dedi mutaxassis.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 21:10, 06.06.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик