Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Xoland transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Barselona» Xoland transferi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+4 | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland kelajakda «Barselona» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi norvegiyalik to‘purarni transfer qilish g‘oyasidan voz kechmagan. Hozircha ushbu transferni amalga oshirish juda qiyin ko‘rinsa-da, agar Xoland «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qilsa, «Barselona» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatni ishga soladi.

Joriy mavsumda Erling Xoland «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 23:52, 06.06.2026.
O'qildi: 6665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик