Germaniyaning «Bavariya» klubi va Fransiya terma jamoasining yulduzli vingeri Maykl Olise Madridning «Real» klubi qiziqishlar doirasida turibdi. The Telegraph jurnalistlarining xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning potensial yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu transfer borasidagi o‘z pozisiyasini ma’lum qilgan.
Portugaliyalik mutaxassis rahbariyatga Olisening kelishuvi klub uchun zarurligini tushuntirdi. «The Special One» uni yangi jamoani shakllantirishda muhim figura sifatida ko‘rmoqda.
Transfermarkt portali 24 yoshli fransuzning transfer bahosini 150 million yevroga baholagan. Uning «Bavariya» bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Bundesliganing o‘tgan mavsumida Maykl 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 19 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.













