Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasining ilk xaridini yakunladi — Fabrisio Romano

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasining ilk xaridini yakunladi — Fabrisio Romano

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasidagi birinchi transferini rasman yakunladi. Bu haqda mashhur insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» va «Atalanta» braziliyalik markaziy yarim himoyachi Edersonning transferi bo‘yicha barcha hujjatlarni imzolab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, transfer qiymati 45 million yevroni tashkil etgan. Futbolchi bilan shartnoma imzolanishi esa yaqin kunlarda kutilmoqda. Jurnalistning ta’kidlashicha, Edersonning shaxsiy shartnomasi shartlari may oyidayoq kelishib olingan.

26 yoshli braziliyalik yarim himoyachi 2022 yil yozidan buyon «Atalanta» safida to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:25, 06.06.2026.
O'qildi: 3005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик