Londonning «Chelsi» klubida to‘p suruvchi argentinalik xavbek Enso Fernandes faoliyatini Ispaniyada davom ettirishga qaror qildi.
El Debate jurnalistlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi «Real» Madrid bilan 5 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashga tayyor. Ushbu transferning amalga oshishi yo‘lidagi asosiy to‘siq — ingliz klubi argentinalik futbolchining sotuvidan ishlab olmoqchi bo‘lgan mablag‘dir. «Aristokratlar» futbolchini 138 million yevroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes va «Chelsi» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2032 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda argentinalik futbolchi 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













