Ispaniya chempionatining 36-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda "Barselona" 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu bahsda "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi Luis Suares o‘z hisobiga bitta gol yozdi.
Urugvaylik futbolchi uchun bu gol La liga doirasidagi 83-gol bo‘ldi. Buning uchun Luisga 95ta o‘yin kerak bo‘ldi. 30 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatidagi gollari soni bo‘yicha "Barsa"ning sobiq futbolchisi Xristo Stoichkovga tenglashib oldi. Bolgariyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida 1990-1995 va 1996-1997 yillarda faoliyat olib borgan. Stoichkov 83ta gol urishi uchun 175ta o‘yinda maydonga tushgan.
Suares 2014 yilda «Liverpul»dan «Barselona»ga o‘tgandi.