«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu «Chelsi»ning qiziqishlar doirasiga tushdi.
The Sun nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso yosh xavbekni tarkibga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq, «qizil iblislar» aprel oyi oxirida yangi shartnoma imzolagan o‘z futbolchisini katta ehtimol bilan qo‘yib yubormaydilar.
Kobbi Maynu «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Maynuning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













