Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti» Gvardiol uchun narx belgiladi

«Manchester Siti» Gvardiol uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

The Independent nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Xorvatiyalik futbolchini sotib olishga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» o‘yinchi uchun kurashda boshqa top-klublarni ortda qoldirishga harakat qiladi. «Manchester Siti» o‘z himoyachisi uchun 70 milliondan 75 million yevrogacha narx belgiladi.

Yoshko Gvardiol 2023 yilda «RB Leypsig»dan «Manchester Siti»ga 90 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Gvardiolning qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:44, 27.05.2026.
O'qildi: 1191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик