«Barselona» «Nyukasl» bilan Entoni Gordon transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Avvalroq Kataloniya klubi 25 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, dastlab «blaugrana» sport direktori Deku bu kelishuv juda qimmatga tushadi deb hisoblagan. Biroq endilikda «Barsa» futbolchini taxminan 60 million funt (70 mln yevro) evaziga qo‘lga kiritishi mumkinligiga ishonmoqda. «Qarg‘alar» esa o‘z futbolchisi uchun kamida 75 million funt (87 mln yevro) olmoqchi.
Shuningdek, Gordonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun Myunxenning «Bavariya» klubi ham muzokaralar olib bormoqda.
Yakunlangan APL mavsumida Entoni 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













