«PSJ» himoyachisi Markinos Fransiya chempionatidan o‘rin olgan «Bastiya» (5:0) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z golidan voz kechmoqchi ekanini aytdi.
«Bu golni meni nomimga yozishsa, hijolatda qolaman, chunki uni Lo Selso urgan. Bosh hakamga bu haqda xabar bergandim, ammo u bu ishga dahli yo‘qligini aytdi» - dedi Markinyos AFP xabarida.