Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

APL. «Arsenal» «MYU»ni mag‘lub etdi va YECHL yo‘llanmasi uchun kurashni yanada keskinlashtirdi

APL. «Arsenal» «MYU»ni mag‘lub etdi va YECHL yo‘llanmasi uchun kurashni yanada keskinlashtirdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasida 36-tur o‘yinlari davom etmoqda.

«Arsenal» o‘z maydonida «MYU» klubini qabul qildi. Birinchi bo‘limda tashabbus londonliklar tomonida bo‘ldi. Biroq ularga darvozani ishg‘ol etish nasib qilmadi.
Ikkinchi bo‘limda Granit Chakaning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib, yo‘nalishini o‘zgartirdi va De Xea darvozasidan joy oldi. Oradan biroz o‘tgach, o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni Uelbek yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi.
Bu natijadan so‘ng APLda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini beruvchi 3 va 4-o‘rin uchun kurash yanada qizg‘in kechishi oydinlashdi.

APL, 36-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (0:0)
7 may, London, «Emireyts» stadioni
Gollar: 1:0 – 54 Chaka, 2:0 – 57 Uelbek.
Arsenal – Chex, Kosyelni, Monreal, Gibbs, Xolding, Remzi, Oksleyd-CHemberlen (Belyerin, 84), O‘zil, Chaka (Koklen, 76), Sanches, Uelbek (Jiru, 84).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Darmian, Tuanzebe, Smolling, Mxitaryan (Lingard, 61), Kerrik, Errera (Reshford, 63), Mata (Maktomini, 84), Marsyal, Runi.
Ogohlantirish: Kosyelni (67).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:49, 07.05.2017.
O'qildi: 6028 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.