Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Oliy liga: Tur o‘yinida jangovor ruh va murosa hukmron

Oliy liga: Tur o‘yinida jangovor ruh va murosa hukmron

Baho:
+ | -

Bu yil Namangan klubi kayfiyati a’lo darajada, jamoa muxlislariniki ham. Ha, «Navbahor»ning shashti mutlaqo boshqacha. Jamoa o‘yiniga mazmun kirgan va u ligadagi har qanday raqib bilan tengma-teng kurashmoqda. 4 may kuni stadionga tushib, «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin­ni kuzatgan muxlislar bunga yana bir karra ishonch hosil qilishdi.

Aslida uchrashuvning murosasiz ruhda kechishini oldindan taxmin qilish qiyin emasdi. Kutilganidek, ilk daqiqalardanoq har ikki jamoa vakillari hujumlarga zo‘r berib, 3 ochko olishni ko‘zlayotganlariga ishora qilishdi. O‘yinning 16-daqiqasiga kelib, muxlislar bilan to‘lib-toshgan stadion larzaga keldi. Bu vaziyatda mezbonlar sardori Dilshod Jabborov burchak to‘pidan so‘ng raqib jarima maydonida yuzaga kelgan sarosimadan foydalanib, hisobni ochdi. Tabiiyki, poytaxtliklar shundan so‘ng hujum sur’atini ko‘tarishdi va bo‘lim o‘rtalarida o‘z maqsadlariga erishishdi. Aniqrog‘i, «Loko»ning hujumkor yarim himoyachisi Sardor Mirzayev o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan Asilbek Omonov darvozasining pastki chap burchagiga aniq yo‘naltirib, o‘rtadagi muvozanatni tikladi - 1:1. Boz ustiga, «temiryo‘lchilar» hisob tenglashgach ham, tinim bilishmadi. Xususan, shu harakatlar evaziga tajribali Marat Bikmayev tanaffusga chiqishga oz fursat qolgan bir pallada jamoasining ikkinchi golini urib, «temiryo‘lchilar»ga ishonch ruhini bag‘ishladi.

Ikkinchi bo‘lim boshlandiki, «lochinlar» tezkor golni tantana qilishdi. Aziz Turg‘unboyev raqib himoyachilari  xatosidan foydalanib, jarima maydoni yaqinida to‘pni egallab oldi va Ma’mur Ikromov bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning yakuniy harakati ham chiroyli chiqdi - 2:2. Qolgan vaqt davomida har ikki tomon yetarli daraja xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsada, natija o‘zgarmay qoldi. Xullas, jangovar ruhdagi kurash murosa bilan xotima topdi.

Fakt. «Navbahor»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:10, 09.05.2017.
O'qildi: 4736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик