Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Qahramon Muhammadjonov: «Kelishilgan o‘yinlarga mutlaqo qarshimiz»

Qahramon Muhammadjonov: «Kelishilgan o‘yinlarga mutlaqo qarshimiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati birinchi ligasida ham mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirib boryapti. Bu yil quyi divizionda ishtirok etayotgan 18ta jamoa orasida hozircha vodiy klublari yetakchilik qilishyapti. «Sementchi», «Andijon» va «Istiqlol» qolganlarga nisbatan kuchliroqdek ko‘rinmoqda. Ammo hali xulosa chiqarishga erta. Chunki ularni «Zomin», «Norin», «Surxon», «NBU-Osiyo» izma-iz ta’qib etishyapti. Kamida 3-4ta jamoada oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish istagi bor. Biz 8-tur uchrashuvi oldidan elitaga qaytishni maqsad qilgan «Andijon» klubi yetakchilaridan biri Qahramon Mahammadjonovdan intervyu oldik.

- Qahramon, mavsumni biroz kutilmaganda «Andijon»da boshladingiz...

- Albatta, buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Meni jamoaga shaxsan bosh murabbiy Vitaliy Legay taklif qildi. Garchi o‘sha payt oliy liganing bir nechta klublaridan takliflar tushsada, yakunda Andijonda to‘p surishni ma’qul ko‘rdim. Bu yerdagi ajoyib muhit, futbolchilarning aksariyati bilan tanish ekanligim shunday qarorga kelishimda turtki vazifasini o‘tadi. Chunki shu tariqa jamoaga moslashishim oson kechishini bilardim. Ayni payt qarorim to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘l-yapman.

- «Andijon» bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv 1}2 ko‘rinishida tuzildi. Vaziyatga qarab muddatni yana uzaytirishimiz mumkin. Oldimizga shu yilning o‘zida oliy ligaga qaytish vazifasi qo‘yilgan. Agar maqsadga erishsak, «Andijon» bilan hamkorlikni davom ettiraman.

- Jamoadagi hozirgi holatingiz o‘zingizni qoniqtiryaptimi? Hech qanday muammo yo‘qmi?

- Albatta, hammasi joyida. To‘g‘ri, o‘yinlarda ba’zan xatolar ham uchrab turibdi. Lekin kamchiliklar ustida ishlayapmiz, ularni takrorlamaslikka intilyapmiz. Murabbiyimiz o‘ta talabchan. Imkon darajasida uning aytganlarini bajarishga urinyapman.

- Quyi divizionda bir nechta tur o‘yinlari ortda qoldi. O‘tkazilgan bahslardan kelib chiqib, liganing saviyasi haqida nima deya olasiz?

- Avvallari birinchi liga bahslarida 2 yoki 3ta jamoa o‘z oldiga oliy ligaga chiqish vazifasini qo‘yardi. Qolaversa, mavsumni oxirigacha yakunlash hamma jamoalarga ham nasib etavermasdi. Ya’ni, ayrim klublar moliyaviy qiyinchiliklar sabab faoliyatini to‘xtatardi. Birinchi ligada ham yildan-yilga ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Turnir jadvalining hozirgi holatiga nazar tashlasangiz, raqobatning qay darajada kuchli ekanligi oydinlashadi. Jamoalar o‘rtasidagi ochkolar farqi minimal ko‘rinishda. Turnir jadvali juda zich ko‘rinish hosil qilgan. Bu ishtirokchilarning saviyasi oshganligidan, klublarning kuchi tenglashayotganidan dalolat. O‘ylashimcha, joriy mavsum birinchi liga bahslarida intriga so‘nggi turgacha saqlanib qoladi. Kezi kelganda aytishim kerak, xuddi shunday holat oliy ligada ham kuzatilyapti. Bunday futbol esa muxlislarga juda yoqadi.

- Maydonlarning holati, jamoalardagi professionallik haqida nima deya olasiz?

- Ushbu masalada muammolar bor. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Maydonlarning holati, kiyinish va yuvinish xonalarining ahvoli bilan maqtana olmaymiz. Ushbu gapim birinchi liganing barcha jamoalariga tegishli emas. Boshqa tomondan olib qarasak, avvallari bunday holat oliy liganing ayrim klublarida ham kuzatilgan. Mana, asta-sekin vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaryapti. Nasib qilsa, birinchi ligada ham biz futbolchilar havas qiladigan sharoitlar yaratiladi.

- Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida «Andijon»ga asosiy raqobatni qaysi klublar yuzaga keltiradi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:13, 10.05.2017.
O'qildi: 2896 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.