Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL: Barchasi «Yuventus» - «Monako» o‘yini haqida

YECHL: Barchasi «Yuventus» - «Monako» o‘yini haqida

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasida yarim finalning javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Turinda bo‘lib o‘tgan «Yuventus»-«Monako» uchrashuvidan so‘ng dastlabki finalchi nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra 2:1 hisobida g‘alaba qozongan «Keksa sinyora» dastlabki finalchiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda turinliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi.

Uchrashuvning 33-daqiqasi o‘tib borayotgan bir vaqtda Dani Alves to‘pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, himoyachilardan ilgarilab ketgan Mario Manjukich to‘pga zarba berdi. Biroq uning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi. Xorvatiyalik futbolchining takroriy zarbasidan so‘ng hisob ochildi.

Birinchi bo‘lim so‘nggida mezbonlar burchak zarbasini ijro etdilar, uzatilgan to‘pni darvozabon qaytarib yubordi. Qaytgan to‘pga Dani Alves chamasi 18 metrlardan to‘xtatib o‘tirmay zarba berdi va o‘yinni bezagan gol muallifiga aylandi. Shu tariqa Dani Alves faoliyati davomida ilk marta musobaqada uchta to‘p kiritdi. Bundan oldin 34 yoshli braziliyalik guruh bosqichida «Dinamo»ga, nimchorak finalda esa «Portu» darvozasiga gol urgandi.

Ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga kelib monakoliklar hisobni qisqartirishga erishdilar. Gol muallifi – Kilian Mbappe. Bu bilan Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U to‘p kiritgan vaqtda 18 yoshu 140 kunga to‘lgandi. Bundan tashqari, Kilian YECHLning joriy mavsumida 9 marta maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.

«Yuventus» ning YECHLdagi «quruq seriyasi» 690 daqiqada to‘xtadi.  Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Kilian Mbappe bu seriyaga barham berdi. Shu tariqa, «byankonerilar» 2016 yil noyabr oyidan buyon ilk bor YECHL doirasida gol o‘tkazishdi. Turinliklar bu borada «Milan», «Ayaks» va «Chelsi»ni ortda qoldirib bu borada ikkinchi o‘ringa chiqib olishdi.

Eng yaxshi natijani 2005-2006 yilgi mavsumda «Arsenal» qayd etgandi. London klubi o‘sha mavsum YECHLda 995 daqiqa davomida umuman to‘p o‘tkazmagan.

Xullas «Yuventus» dastlabki finalchiga aylandi. E’tiborli tomoni, turinliklar posboni Janluidji Buffon faoliyatida uchinchi bor final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ammo bundan oldingi ikki finalda uning jamoasi mag‘lubiyatga uchragan. Oxirgi marta ikki yil oldin «Yuventus» finalda «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgandi. Ta’kidlash joiz, Chempionlar Ligasining final uchrashuvi 3 iyun kuni Uelsning Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.

***

O‘yindan so‘ng

Leonardu Jardim («Monako» bosh murabbiyi):

- Yarim finalda o‘ta tajribali va asosan yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoa to‘qnash keldi. Biz turnirning shu bosqichiga yetib kelganimizdan juda xursandmiz. Shanba kuni «Monako» Nansida o‘yin o‘tkazgandi. Seshanba kuni esa safarda «Yuventus»ga qarshi bahs olib bordi. Shunga qaramay, futbolchilarimiz charchoqlarini bildirishmadi. Bugun hech bo‘lmaganda durangga umid qilgandik. Endi bor e’tiborimizni Fransiya chempionati o‘yinlariga qaratamiz.

Massimiliano Allegri («Yuventus» bosh murabbiyi):

- «Monako»ga ikkita uchrashuvda ham sifatli futbol namoyish etgani uchun minnatdorchilik bildirish lozim. Bu iqtidorli yigitlar maqtovga loyiqlar. Bu safar final uchrashuvida Buffon va muxlislarimiz uchun g‘alaba qozonishga umid qilamiz. Uch yilda ikki marta finalgacha yetib borish – bu oddiy natija emas. Buning uchun «Yuventus»ni tabriklash kerak.

Kilian Mbappe («Monako» hujumchisi):

- Biz «Yuventus»ga muammo tug‘dirishni istagandik. Ammo raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni unchalik yarata olmadik. Bu esa yetarli emas.

Mening golim? Undan foyda bo‘lmadi. Biz turnirni boshimizni tik tutgan holda tark etyapmiz. Afsuslanishimizga hojat yo‘q. Turnirdan ko‘p narsani o‘zlashtirdik. Jumladan men ham. Kelgusi mavsumda musobaqaga yanada yaxshi tayyorlangan holda qaytishga harakat qilamiz.

Dani Alves («Yuventus» himoyachisi):

- Men uchun eng muximi jamoamning g‘alaba qozonishi va jamoadoshlarimning gol urishlariga yordam berish. Odatda ko‘p gol urmayman. Albatta, urgan gollarimdan xursand bo‘laman. Ammo ko‘proq golli pas berishni ma’qul ko‘raman.

Finalga chiqish yoqimli. Jamoamiz yaxshi formadi. Bunday cho‘qqiga chiqish uchun tinimsiz mehnat qildik. Biroq hozircha hech nima yutilmadi. Barchasi ideal bo‘lishi uchun sovrinni uyga olib kelishimiz kerak.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:27, 10.05.2017.
O'qildi: 4691 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.