«Barselona» yarimhimoyachisi Rafinya Alkantara yozda klubni tark etmoqchi.
Esports Cope xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi bosh murabbiy Luis Enrike jamoani tark etgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishdan xavfsiramoqda. Rafinya Braziliya bilan JCH-2018da ishtirok etmoqchi, buning uchun esa unga o‘yin amaliyoti kerak.
Rafinya bu qarori haqida «Barselona» rahbariyatini ogohlantirgan. Klub esa uni 30-40 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan.