Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Zidan: «Mbappe «Real»da? Bu kulguli»

Zidan: «Mbappe «Real»da? Bu kulguli»

Baho:
+-1 | -

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe o‘z kelajagi to‘g‘risida bir to‘xtamga kelgan ko‘rinadi. Harqalay, Marca nashri ma’lumotlariga qaraganda, u faoliyatini «Real»da davom ettirmoqchi.

Mbappening aynan «Real»ni tanlashiga hamyurti Zayniddin Zidanning bosh murabbiy ekanligi va klubning loyihalari sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Oldinroq «MYU»ning bu yigit uchun 85 million yevro taklif qilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Biroq «Monako» uni 120 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatish joiz, Kilian va «Monako» o‘rtasidagi kelishuv muddati 2019 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Darvoqe, «Real» bosh murabbiyi Zidan jurnalistlarning Mbappe haqida bergan savollariga keskin ohangda javob berdi.

«Mbappeni «Real»ga o‘tayotgani xususida eshitdim. Bu kulguli. Avval ham aytganman, u o‘smirlik chog‘i Madridga kelishi mumkin edi, ammo o‘zi xohlamadi. Ha, Mbappe zo‘r mavsumni o‘tkazmoqda, ammo men faqat qo‘l ostimdagi futbolchilar haqida gapirishni istayman. Boshqa jamoalar vakillariga to‘xtalishim nojoiz»,-dedi Zidan.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 10:40, 11.05.2017.
O'qildi: 8138 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.