Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Lokomotiv»ni «rels»dan chiqarib yuborgan o‘yinning to‘liq sharhi

«Lokomotiv»ni «rels»dan chiqarib yuborgan o‘yinning to‘liq sharhi

Baho:
+ | -

Mayning dastlabki o‘n kunligi yakuniga yetib borayotgan bir pallada Chempionlar Ligasi bilan xayrlashishga ulgurdik. «Bunyodkor»ning ortidan «Lokomotiv» ham musobaqadan chiqib ketdi. Sharmandalarcha chiqib ketdi, desak, hech kim norozi bo‘lmasa kerak. «Temiryo‘lchilar» guruhdagi so‘nggi uchrashuvni «Al-Ahli»ga qarshi safarda o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatga uchrashdi. Shunda ham yirik hisobda...

«A» guruhi. 6-tur. Matbuot anjumani (o‘yindan oldin)

«Al-Ahli»-«Lokomotiv» uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Miklyayev va himoyachi Muhammad Kone OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

Andrey Miklyayev («Lokomotiv» bosh murabbiyi):

- Ikkala jamoani ham qiziqarli va muhim bahs kutmoqda. Chunki mazkur o‘yinda bizning guruhdan chiqishimiz hal bo‘ladi. Buning uchun esa faqat g‘alaba qozonishimiz shart. Raqibimiz «Al-Ahli»ni durang ham qoniqtiradi. O‘ylaymanki, bellashuvda chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonib, guruhdan chiqamiz. Jamoamiz oldiga bu yil OCHLda qo‘yilgan vazifa - avvalo, «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. O‘tgan yili chorak finalga qadar yetib borgandik, o‘ylaymanki, guruhdan chiqsak, bu yil ham shu natijani takrorlay olamiz. Chempionlar Ligasida har bir o‘yin bosim ostida o‘tadi va ertangi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Safimizda 20 nafar yaxshi futbolchi bor va ular bir-birlarining o‘rinlarini to‘ldira olishadi.

Muhammad Kone («Lokomotiv» himoyachisi):

- Bosh murabbiy aytib o‘tganidek, faqat g‘alabani ko‘zlab harakat qilamiz. Bizga ushbu bahsdagi yutuq juda zarur. Mazkur holatda havoning juda issiqligi ham ta’sir o‘tkazmasligi kerak. «Al-Ahli» kuchli jamoa, lekin ularni Toshkentda mag‘lub etganmiz. Shu natijani yana takrorlashga harakat qilamiz.

Shundan so‘ng matbuot anjumanida «Al-Ahli» bosh murabbiyi Kocmin Olariu va darvozabon Majid Nosir ishtirok etishdi.

Kocmin Olariu («Al-Ahli» bosh murabbiyi):

- Muhim pallada turibmiz. Ushbu o‘yinning qanday o‘tishini bilmadim-u, lekin biz guruhdan chiqishga haqlimiz. Buni avvalgi uchrashuvlarda isbotladik. Men futbolchilarimga ishonaman, ular keyingi bosqich masalasini hal eta olishadi. O‘ylashimcha, bizda gol urish uchun imkoniyat bo‘ladi va bundan foydalanamiz. Toshkentdagi bahsda yaxshi harakat qila olmagandik, u yerda o‘yin 1:0 hisobidan boshlangandek edi. Qolaversa, Asamoa Gyan jarohat olib, maydonni tark etgandi. Endi bunday holat takrorlanmaydi, degan umiddaman.

Majid Nosir («Al-Ahli» darvozaboni):

- O‘z muxlislarimiz qarshisida yutqazishni xohlamaymiz. Maqsadimiz - ijobiy natija qayd etib, keyingi bosqichga chiqish.

O‘YIN OLDIDAN

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 11.05.2017.
O'qildi: 4783 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик