Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:30 Atletiko 3-0 Rayo Valyekano
25/04 00:30 Betis 5-1 Valyadolid
25/04 21:30 Al-Hilol 7-0 Kvangju
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi - Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Xorazm
26/04 19:00 Mash’al - Surxon
26/04 19:00 Brayton - Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl - Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton - Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton - Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona - Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) - Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino

O‘zbekiston sportchilari "Islom birdamlik o‘yinlari"da ishtirok etish uchun Bokuga yetib keldi

O‘zbekiston sportchilari "Islom birdamlik o‘yinlari"da ishtirok etish uchun Bokuga yetib keldi

Baho:
+ | -

8 may kuni O‘zbekiston delegasiyasining 40 kishidan iborat dastlabki qismi IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun Boku shahriga yetib kelib, Sportchilar shaharchasiga joylashgandi. Bugun mamlakatimizning eng katta delegasiyasi ham Kaspiy bo‘yiga yetib bordi.

Bugun Toshkent-Boku reysi bilan Ozarbayjon poytaxtiga dzyudo, karate, tennis, og‘ir atletika, yengil atletika, para-dzyudo va para-atletika sport turlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar hamda murabbiylardan iborat 65 kishilik guruh yetib keldi.

Bokudagi Geydar Aliyev Xalqaro aeroportida mamlakatimiz delegasiyasini O‘zbekistonning Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Sherzod Fayziyev kutib oldi.

Bungacha boks, o‘q otish, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va gandbol bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Ozarbayjon poytaxtida jam bo‘lishgandi. Demak, IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etadigan mamlakatimizning 15 ta sport turlari bo‘yicha terma jamoalaridan 13 tasi Sportchilar shaharchasiga joylashib ulgurishdi.

Kecha shuningdek, delegasiyamiz tarkibini sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining yagona yetti karra ishtirokchisi, “Barselona-1992” Olimpiya o‘yinlari chempioni, bir necha karra jahon va Yevropa chempioni, Xizmat ko‘rsatgan sportchi Oksana Chusovitina to‘ldirdi. Aytish kerakki Oksana IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da g‘oliblikka asosiy da’vogar sportchilardan hisoblanmoqda.

15 may kuni delegasiyamizning so‘nggi qismi – taekvondo, erkin kurash va yunon rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Bokuga yetib kelishadi. Sportchilar shaharchasida musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan. Tibbiy xizmat va ovqatlanish shahobchalari 24 soat davomida uzluksiz ishlab turibdi.

Qolaversa bellashuvlardan bo‘sh paytda sportchilarning madaniy hordiq chiqarishlari va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan bir qator madaniy dasturlar ishlab chiqilgan. Bir so‘z bilan aytganda musobaqani har jihatdan yuqori saviyada o‘tkazish uchun katta hajmda ish olib borilgani ko‘rinib turibdi.

Ayni vaqtda Bokuga dunyoning turli burchaklaridan sportchilar yetib kelishi davom etmoqda. IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da 57 ta davlatdan 3500 dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni soat 21:00 da Bokudagi Olimpiya stadionida IV “Islom birdamlik o‘yinlari”ning tantanali ochilish marosimi boshlanadi. Shu kundan e’tiboran aksariyat sport turlari bo‘yicha bahslar boshlab yuboriladi. Musobaqa 22 mayga qadar davom etadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:28, 11.05.2017.
O'qildi: 4384 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz